Xitoy 2020 yil iyulda kommunistik partiyaning 100 yilligini nişonlaş uçun ob-havoni sun'iy ravişda özgartirgan. Bu haqda Tsinhua universiteti tadqiqotida ma'lum qilindi, deb yozadi Euronews.
Qayd etilişiça, Xitoy hukumati maxsus reagentlar sepiş orqali bulutlarni tarqatiş texnologiyasidan foydalangan. Uşbu uslub yoğin miqdorini boşqariş, döl yoki tumanni tarqatiş imkonini beradi. Xitoy hukumati mazkur texnologiya yordamida Tyananmen maydonidagi marosim vaqtida osmonda birorta ham bulut bölmasligiga erişgan.
Xitoyda bulutlarni tarqatiş osmonni tozalaşdagi odatiy jarayon hisoblanadi, hukumat 2008 yilgi Olimpiada öyinlaridan boşlab ötgan 13 yil davomida bu iş uçun milliardlab yevro sarflagan. Ammo 2020 yil iyulda jarayon keng kölamda olib borilgan va ikki soat davom etgan.
Bulutlarni tarqatiş global isiş oqibatlarini yumşatişi mumkin. Bu jarayon atmosferadagi karbonat angidrid miqdoriga ta'sir körsatmaydi. Geoximik va Forbes muxbiri Jyeyms Konka uşbu jarayonni yuzlab yillar davomida, iqlim muvozanatga kelguniga qadar ötkaziş kerak deb hisoblaydi.
Ta'kidlanişiça, yomğirni boşqariş böyiça Xitoydagi yirik miqyosdagi loyihalar mamlakatning boşqa qismlaridagi ob-havo şaroitini keskin özgartirib yuborişi mumkin. Jarayon kerakliça nazorat qilinmasa, qurğoqçilik hududlari suv toşqinlari ostida qolişi heç gap emas.












