Afğonistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelgandan 4 oy ötib mamlakat köplab gumanitar inqirozlar, jumladan oziq-ovqat ötkir yetişmovçiligi girdobida qolmoqda. Joriy qişda bu inqiroz sababli million afğon bolasi halok bölişi mumkin.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, Afğoniston aholisining yarmi, ya'ni 22,8 mln kişi jiddiy oziq-ovqat yetişmovçiligiga töqnaş keladi.

Naşrning ta'kidlaşiça, uşbu inqiroz toliblar hokimiyatni egallagandan keyin yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzul bilan boğlangan: AQŞning harakatga qarşi kiritgan sanksiyalari mamlakatga xalqaro moliyaviy yordamning töxtatilişi va insonparvarlik yordami yetkazilişining qiyinlaşişiga olib kelgan.    

Şuningdek, Afğoniston soğliqni saqlaş tizimi falokat yoqasida turibdi: mamlakatga ajratilgan 600 mln dollarlik yordam muzlatib qöyilgan.   

Şu bilan birga, Vaşington oktyabrda AQŞ hukumatiga va BMT kabi ba'zi xalqaro taşkilotlarga Afğonistonga insonparvarlik yordami körsatiş uçun “Tolibon” bilan hamkorlik qilişga ruxsat bergan.