Önlab yillar davomida fransuz siyosatida markaziy örin tutgan va butun dunyoda söl ğoyalar modasini örnatgan sotsialistlar çuqur inqirozda. Ijtimoiy sörovnomalarga köra, söl nomzodlarning heç biri saylovning ikkinçi bosqiçiga ötiş imkoniyatiga ega emas.
Migratsiyani qanday qilib nazorat qiliş va musulmon aholini assimilyatsiya qiliş, respublika qadriyatlari va Black Lives Matter harakati hamda «bekor qiliş madaniyati» – saylovçilarni ham, siyosiy elitani ham qiziqtiradigan masalalar mana şulardan iborat.
BBC öng va öta öng nomzodlar hamda ularning ğoyalari Fransiyadagi saylov kampaniyasini qanday şakllantirişini tuşuntiradi.
Fransuz önglarining eski va yangi qiyofalari

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron öz nomzodini hali rasman e'lon qilmagan. Biroq ikkinçi muddatga nomzodini qöyişiga şubha qiladiganlar kam.
Sönggi oylarda ötkazilgan turli ijtimoiy sörovnomalar unga fransuzlarning 24-25 foizi ovoz berişga tayyor ekanini körsatdi. Bu boşqa da'vogarlarga qaraganda köproq, biroq birinçi turda ğolib böliş uçun yetarli emas.
Makronning bölajak saylovlardagi asosiy raqiblari ötgan hafta oxirida aniq böldi. Jak Şirak va Nikolya Sarkozi kabi sobiq prezidentlar mansub bölgan «Respublikaçilar» konservativ partiyasi öz nomzodini tanladi. Parijni ham öz içiga oladigan Il-de-Frans regioni rahbari Valeri Pekress Makronga raqib böldi.
Pekress özining uçdan ikki qismini Angela Merkel va uçdan bir qismini Margaret Tetçer deb ataydi. Töğri, uni rus tilini bilişidan taşqari (Pekress yapon va ingliz tillarida ham sözlaşa oladi) yana qaysi jihat sobiq nemis kansleri bilan boğlab turişi oxirigaça tuşunarli emas.
Pekress – öta konservativ siyosatçi. Deputat bölgan vaqtda bir jinsli nikohlarga qarşi çiqqan (töğri, keyinçalik öz pozitsiyasini özgartirgan). Uning prezidentlik dasturida asosiy e'tibor migratsiyani çeklaş va qonun ustuvorligini mustahkamlaşga qaratilgan.
«Joriy immigratsiyani töxtatiş va respublikamiz qadriyatlarini himoya qiliş» hamda «Köçada tartib örnatiş» – saylovoldi manifestining ilk bölimi ana şunday nomlangan.
Şuningdek, Pekress radikallar öz muddatini ötab, qamoqxonadan çiqqanidan keyin ham ularni qamoqda saqlaşni taklif etmoqda. Uning fikriça, jamoat xavfsizligi ana şuni talab qiladi.
«Respublikaçilar»dan nomzodlik uçun uning asosiy raqibi mamlakat janubidan bölgan ultra öng deputat Erik Sotti edi. U migratsiya masalasiga nisbatan öta keskin pozitsiyani egallagan va hatto Fransiyada terrorçilikda gumonlanuvçilar saqlanadigan AQŞning Guantanamo qamoqxonasi muqobilini yaratişni taklif etadi.
Konservativ elektoratni jipslaştiriş uçun Pekressga Sottining qöllab-quvvatlaşi zarur. U öz kampaniyasi doirasida Sotti bilan hamkorlik qilişni istaşini aytgandi.
Şu bilan birga, Sottining migratsiya masalalaridagi qaraşlari Erik Zemmurnikiga mos keladi. Uning prezidentlikka nomzodi ilgari surilişi asosiy siyosiy sensatsiyaga aylandi.
Zemmurni raqiblari va tarafdorlari «fransuz Trampi», siyosatda tajribasi yöq – publitsist va provokator sifatida maşhur deb bilişadi.
Zemmur feministlar, migrantlar va musulmonlarga qarşi kuraşadi hamda xorijiy ismlarni taqiqlaşni talab etadi, şuningdek, natsistlar bilan hamkorlik qilgan Vişi rejimini ham oqlaydi. Musulmonlar, arablar va qora tanli fransuzlarga qarşi provokatsion bayonotlari uçun ikki marta sudlangani ham uning qaraşlari naqadar radikal ekanidan dalolat beradi.

Ekspert va jurnalistlarni hayratda qoldirgan holda, uni fransuzlarning köpçiligi qöllab-quvvatlaşga tayyor – turli sörovnomalarga köra, mazkur körsatkiç 13 foizdan 17 foizgaçani taşkil etmoqda. Bu esa boşqa söl qanot nomzodlar körsatkiçidan köproq.
Oq-qora kino, Brijit Bardo va Jan-Pol Belmondo iştirokidagi film kadrlari, şuningdek, Betxoven Yettinçi simfoniyasi parçasi bilan bezatilgan videoda Zemmur öz nomzodi prezidentlikka ilgari surilayotgani haqida ma'lum qildi.
Ötmişni yodga soluvçi video fonida Zemmurning ovozi fransuzlarga «Janna D’Ark va Lyudovik XIV mamlakati, Bonapart va general de Goll mamlakati, ritsar va gözal xonimlar mamlakatini qaytariş»ga va'da beradi.
Zemmurning asosiy raqibi – uzoq vaqt fransuz öta önglari yetakçisi bölgan ayol Marin Le Pen. U 2017 yilgi saylovlarning ikkinçi turida Makronga yutqazgandi.
Sörovnomalarga köra, Zemmur va Marin Le tarafdorlarining umumiy soni saylovçilarning 30 foizidan köproq bölişi mumkin.
«Öta önglar Fransiyada bunçalik maşhurlikka heç qaçon erişmagandi», deydi London universiteti kollejida Fransiya va Yevropa siyosati professori Filipp Marler BBC bilan bölgan suhbatda.
«Buyuk almaştiriş nazariyasi»
Erik Zemmur Marin Le Pen hatto talaffuz ham qilolmaydigan gaplarni baralla aytmoqda. Masalan, u «buyuk almaştiriş nazariyasi»ni oçiqçasiga ilgari surmoqda. Nazariya muallifi 1980-yillarda gomoseksual adabiyot yulduzi, hozirda migratsiyaga qarşi öta öng kuraşçi, fransuz yozuvçisi Reno Kamyu (Nobel mukofoti sovrindori Alber Kamyuga aloqasi yöq).
Nazariyaning mohiyati şundaki, göyoki, Ğarbning oq va nasroniy aholisini Afrika hamda Osiyodan bölgan qora tanli musulmon migrantlar bilan almaştiriş borasidagi fitna mavjud.
«Bu haqiqatga heç qanday aloqasi bölmagan mutlaqo aqldan ozgan ğoya», deydi Marler.
U Yangi Zelandiya Kraystçerç şahridagi ikkita masjidda 51 kişi, jumladan, 3 yoşli bolani öldirgan terrorçi mazkur nazariyaga tayanganini yodga soladi.
«Bu nafaqat fransuzça ğoya, biroq Fransiyadan kelib çiqqan. Zemmur uni öylamay qöllamoqda. Marin Le Pen bu kabi ğoyalarga ehtiyotkorlik bilan yondaşadi, Zemmur esa yöq», deya qayd etadi professor Marler.
Mazkur nazariya tezda maşhurlikka erişdi va tor doiralardan çiqib, asosiy mavzuga aylandi. Yaqinda ötkazilgan sörovnoma, fransuzlarning 61 foizi mamlakatda «buyuk almaştiriş» sodir bölayotganiga işonişini körsatdi.

Madaniy uruşlar va AQŞ ta'siri
Makron va uning hukumati ritorikasi – fransuz siyosatining öngga burilişiga yaqqol misol. Sobiq bankir 2017 yilda önglar va söllar an'anaviy bölinişni inkor etiş platformasida saylandi. Saylovçilarni uning tizimsiz nomzodligi va optimizmi, şuningdek, Makronning an'anaviy partiyalardan heç biriga aloqasi yöqligi fakti jalb etdi.
Biroq uning davrida vazirlar kabinetiga bir neça öng siyosatçilar kirdi. Sönggi ikki yil içida u migratsiya va özlikni anglaş masalalarida keskin pozitsiyani egallay boşladi.
Radikal kuçlar tomonidan amalga oşirilgan qator teraktlardan söng, prezident «islom separatizmi»ga qarşi uruş e'lon qildi. U islom dini bilan emas, siyosiy mafkuraga qarşi kuraşayotganini ta'kidladi. Biroq u tomonidan taklif etilgan çoralar masjidlar ustidan davlat nazorati va ular moliyalaştirilişi ustidan nazorat kuçaytirilişini anglatadi.
Bunga parallel ravişda, u Amerikaning multimadaniyat va irqçilikka qarşi ğoyalarida Fransiya uçun tahdidni kördi. Black Lives Matter («qora tanlilar hayoti muhim») şiori ostidagi norozilik namoyişlari Parijgaça yetib kelganida u fransuz umuminsoniy qadriyatlari asosidagi vatanparvarlik zarurligini ma'lum qildi.
«[Tenglik uçun] kuraş separatistlar tomonidan qölga kiritilganida qabul qilinişi mumkin emas», dedi Makron.
Fransiyada odamning irqi va etnik kelib çiqişini politsiya hisobotlari va boşqa hujjatlarda körsatiş taqiqlangan. Fransuz siyosiy madaniyatida ommaviy maydonda barça respublika fuqarosi deb hisoblanadi. Diniy va madaniy farqlar esa şaxsiy hayotga tegişli.
«Bekor qiliş madaniyati», tizimli irqçilik, kolonializm merosi, özlikni anglaş – hali ham fransuz ziyolilari va siyosatçilar uçun eng qaynoq mavzular sanaladi. Ular mazkur ğoyalar Fransiyada mavjudligi yoki Amerika muammolarining aqlsizlarça eksporti ekani, liberal OAV esa ularni Yevropaga singdirişga urinişi borasida bahslaşişadi.

Prezident atrofidagilar madaniy uruşlarning boşida turadi. Içki işlar vaziri Jyerald Darmanen supermarketlardagi «halol» bölimlariga qarşi çiqadi. Çunki uning fikriça, bu separatizmning namoyon bölişi hisoblanadi. U huquq-tartibot organlari xodimlarini öldirganlik uçun qattiqroq jazo tayinlaşni talab etuvçi politsiyaçilar mitingida ham iştirok etgan.
«Makron öngga surilgani borasida şubhalar mavjud emas. Albatta, prezident sifatida ğazabli [öta öng] bayonotlar qilişni istamaydi. Unga kerak bölgan narsa - atrofidagilar, tarafdorlari va vazirlar buni uning nomidan gapirişiga imkon beriş. Men ular buni uning nomidan aytişyapti, deb hisoblayman. Çunki u heç qaçon ularga qarşi çiqmaydi. Makron ularni töxtatmaydi, men u buni ataylab qiladi, deya taxmin qilaman. U mazkur masalalarda qattiqqöl bölib körinişni istaydi», deydi London universiteti kolleji professori Filipp Marler.
Kabinetning yana bir a'zosi – oliy ta'lim vaziri Frederik Vidal fransuz universitetlarini «islom sölligi»ga tekşirişni buyurdi. Mazkur atama ostida öta öng tanqidçilar gender, irq va postkolonial tadqiqotlarni birlaştiradi.
Vidal ularni «jamiyat tanasidagi gangrena» deb ataydi. Uning tasavvurida mazkur ğoya tarafdorlari jamiyatni ajratiş va uriştirişi mumkin bölgan narsalarni topadi, radikal va jangari ğoyalarni tarqatadi.
Makronning özi akademik dunyo ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga irqiy ölçam berişga harakat qilişi, bu esa separatizmga olib kelişi va respublika tanazzuli bilan tahdid solayotganini aytgan.
Fransuz universitetlari javob tariqasida hukumat rasmiylarining öz dasturlarini senzura qilişga urinişlariga qarşi çiqdi. Marler gender, irqiy va postkolonial tadqiqotlar – hajm böyiça fanning kiçik sohasi va unga bağişlangan işlari soni juda kam ekanini ta'kidlaydi.
Söl ğoyalar inqirozi

«Söl nomzodlar öta ahamiyatsiz, ulardan heç biri sörovnomalarda 10 foizdan köp olmaydi. Söl qanot inqirozda, u jamiyatda asosan qonun va huquqiy tartib, islom, immigratsiya masalalari tomonga burilgan muhokamalarga ta'sir ötkazmaydi. Zemmur özini suvdagi baliq sifatida his etayotgani hayratlanarli emas», deydi Marler.
Sönggi ikki yuz yil içida Fransiya dunyoga köplab inqilobiy, söl ğoya va ta'limotlarni berdi. Butun dunyoda maşhur fransuz mualliflari, jumladan, Nobel sovrindorlari Jan-Pol Sartr, Alber Kamyu va Anatol Frans ana şunday ğoyalarni tarqatişdi.
«Fransiya haqida öylaganda fransuz inqilobi va Parij kommunasi xayolga keladi. Bu kuçli söl an'analar mamlakati», - deydi Marler.
Biroq hozir sölçilar zaiflaşgan. Sotsialistik partiya sönggi 50 yil içida fransuz siyosatidagi asosiy kuçlardan biri edi. Prezidentlar Fransua Mitteran va Fransua Olland aynan şu partiyadan çiqqan. Biroq partiya 2017 yil mağlubiyatidan keyin önglana olgani yöq.
Öşanda uning prezidentlikka nomzodi ikkinçi turga öta olmadi. Keyin esa parlament saylovlarida qattiq mağlubiyatga uçradi – sotsialistlar bor-yöği 5 foiz ovoz töpladi.
Söl liberal gazeta Le Monde partiya iztirobda ekanini yozgandi. Partiyaning Sena çap qirğoğidagi ştab-kvartirasi sotilişi va Parijdagi işçilar şaharçasiga köçib ötişi ana şu inqiroz ramziga aylandi.
«Sotsialistlar hokimiyatda edi, keyin esa barini yöqotişdi. Ular heç narsani ortga qaytara olmadi. Aftidan partiya omon qoliş uçun kuraşmoqda va uning örnini egallaydigan boşqa partiya yöq», deydi Filipp Marler.












