Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10-sinf öquvçisi otasining maşinasi bilan 1-guruh nogironi bölgan şaxsni urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 13 dekabr kuni 4K-588 Denov-Vaxşivor avtomobil yölining Denov tumani Totuvlik mahallasidan ötgan 1-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Denov tumani Obodon mahallasida yaşovçi, tuman XTB tasarrufidagi 35-maktabning 10-sinfi öquvçisi tunda otasiga tegişli bölgan maşinani boşqarib köçaga çiqqan.

Söng qöllari yordamida harakatlanib yölni kesib ötayotgan 1-guruh nogironi bölgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan fuqaro vafot etgan.