1 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Andijon viloyati Jalaquduq tuman sudida qizining nomusi uçun qotillikka qöl urgan Ş.A.ga hukm öqilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Andijon viloyat sudi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sud hukmida aytilişiça, Andijon tumanida yaşovçi Ş.A.ning 2003 yilda tuğilgan qizi M.F. 2020 yil 20 noyabr kuni arazlab uyidan çiqib ketib qolgan. Keyinroq u öşa keça avvaldan gaplaşib kelgan yigiti Ş.I. bilan tunni boşqa joyda ötkazgani ma’lum böladi.

Bölib ötgan voqeadan söng M.F.ning ota-onasi yigit va uning yaqinlari bilan gaplaşib, qizga sovçi jönatiş, qizini töy qilib olib çiqib ketişlari kerakligini aytişadi. Lekin oradan bir neça oy ötsa-da, Ş.I.dan sovçi kelmaydi. Ş.I. qizning uyidagilariga maşina va uy olib berişsagina uylanişi mumkinligini bildiradi.

Bir safar yigit qizni urganidan xabardor bölgan ota qiziga yigitni uyga çaqirişini, u bilan töy haqida gaplaşib olişini aytadi.

Yigit 17 may kuni soat 18:00lar atrofida qizning uyiga keladi. Ş.I. bilan yolğiz qolgan ota undan qizini nima sababdan urganini söraganida, u qizni bir yigit bilan telefonda gaplaşgani uçun urganini aytadi. Keyin esa Ş.A.  yigitdan qaçon töy qilişini söraydi. Yigit uning qiziga uylanmasligi, qizi bilan jinsiy aloqada bölganini telefoniga tasvirga olgani, videotasvirni internetga çiqarib, uni va oilasini şarmanda qilişini aytganida, ota ğazabga minib stol ustida turgan çinni çoynakni olib, yigitning yuz qismiga uradi. Söngra uning yuziga qöli bilan bir neça marta zarba beradi, badanining turli qismlariga xöjalik piçoği bilan yengil tan jarohati yetkazadi. Yigitning qarşilik körsatolmay yotib qolganidan foydalanib, uni sim bilan böğib öldiradi.

Sud hukmi bilan Ş.A. Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Avvalroq, Andijonda qimor sabab qöşnisini öldirgan yigit 14,5 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.