Özgartirişlar va qöşimçalar bank nazorati böyiça Bazel qömitasining «Muammoli aktivlar uçun prudensial talablar – muammoli aktivlar va şartlari qayta körib çiqilgan aktivlar tuşunçasi töğrisida»gi yöriqnomasiga, şuningdek xalqaro tajribaga asosan işlab çiqilgan.
Xususan, «kredit tavakkalçiligi», «muddati ötgan qarzdorlik», «aktivlarning jami qiymati» va «kiçik miqdordagi summa» tuşunçalari kiritilmoqda.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq aktivlarga banklar tomonidan hisoblangan va olinmagan foizli daromadlar böyiça «oşirilmaydigan» maqomini beriş örniga aktivlar sifatiga qarab ular yuzaga kelgan davrda zaxiralarni şakllantiriş zarurligi töğrisidagi talab kiritilmoqda.
Şuningdek, ehtimoliy yöqotişlarni qoplaşga möljallangan zaxira miqdoridan yuqori likvidli ta’minot qiymati çegirilişi nazarda tutiladi.
Bundan taşqari, nizom talablariga muvofiq quyidagi holatlarda kredit şartnomasi şartlari özgartirilganda kredit tasnifi özgartirilmaydi va şartlari qayta körib çiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:
- foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda özgartirişdan söng milliy valutadagi kreditlar böyiça foiz stavkasi MB asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam bölmasligi lozim;
- kredit valutasi özgartirilganda, bunda kredit xorijiy valutadan milliy valutaga özgartirilganda kreditlar böyiça foiz stavkasi MB asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam bölmasligi lozim;
- kreditning imtiyozli davri 6 oygaça uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik böyiça foizlar töliq tölangan va yangi grafikda foiz tölovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinçi marta uzaytirilayotgan bölişi, şuningdek şartnomaning oxirgi muddatini uzaytiriş uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan köp bölmasligi şart.
Bunda kredit şartnomasi şartlari qayta körib çiqilayotgan vaqtda qarzdorning barça banklardan olingan kreditlari böyiça muddati ötgan qarzdorligi mavjud bölmasligi hamda: qarzdorning krediti sifati «standart» yoki «substandart» toifasida bölişi; qayta körib çiqilayotgan şartnoma böyiça tölovlarni tölaşda sönggi 6 oy içida muddati keçiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oşmagan bölişi lozim.
Şu bilan birga, aktivlarning vaqtinçalik parametrlar böyiça tasniflanişi qayta körib çiqilmoqda.












