DW naşri Financial Times’ga tayanib xabar berişiça, rejani AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner Mayamida Ukraina hamda Yevropa davlatlari vakillari bilan ötkazilgan yaqindagi uçraşuvda taqdim etgan.

Taklif Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining bir qismini Vaşington nazoratidagi maxsus moliyaviy tuzilmaga ötkazişni nazarda tutgan.

Gazeta suhbatdoşlarining aytişiça, Yevropa vakillari aktivlar ustidan nazoratni AQŞga berişga ham, muzlatilgan mablağlarning biror qismini Rossiyaga qaytarişga ham qarşi çiqqan.

Uitkoff va Kuşnerning taklifi Ukraina rasmiylari va yevropalik diplomatlarda Vaşingtonning Rossiyaga bosim ötkazişga qaratilgan yondaşuvi yuzasidan xavotir uyğotgan.

FT maʼlumotiga köra, 2022-yil fevralda Ğarb davlatlari Rossiyaning qariyb 260 milliard yevrolik davlat aktivlarini muzlatgan. Ularning asosiy qismi Yevropa Ittifoqida saqlanmoqda.

YEI hozirça uşbu aktivlarning özini Ukrainaga bermagan. Kiyevga moliyaviy yordam körsatiş uçun ulardan olinayotgan daromadlardan foydalanilmoqda.

Jumladan, Ukraina «Katta yettilik» mamlakatlaridan muzlatilgan aktivlarning foiz daromadlari bilan taʼminlangan 45 milliard yevrolik kredit olgan.

Naşrning yozişiça, YEI rahbarlari Rossiya uruş tugaganidan keyin reparatsiya tölamasa, uşbu aktivlardan Ukrainani tiklaşni moliyalaştiriş uçun foydalanişga vaʼda bergan.

FT manbalari Rossiya aktivlarini muzlatişdan çiqariş uçun YeIning barça aʼzo davlatlari bir ovozdan rozilik berişi kerakligini taʼkidlagan. Bu esa AQŞ vakillari taklifini amalga oşirişni qiyinlaştiradi.