Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş tizimida bugungi kunga qadar 15 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi va yana 10 ta muassasa öz faoliyatini kengaytirdi. Bu haqda Vazirlar kengaşi raisi Qahramon Sariyev tomonidan ma’lum qilindi.
Ta’kidlanişiça, ayni vaqtda Nukus şahrida Şayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamğarmasi tomonidan umumiy qiymati 28 mln. AQŞ dollariga teng 150 öringa möljallangan Ayollar va bolalar şifoxonasini quriş boşlangan. Uşbu quriliş işlari yakunlangaç, şifoxona örnatilgan tartibda beğaraz ravişda Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufiga beriladi.
Qahramon Sariyev tomonidan xabar qilinişiça, 2020-2021 yillarda jami 3 mlrd. 460 mln. sömga teng 27 ta «Damas», 1 ta «Foton», 2 ta «Gazel» tez tibbiy yordam avtomaşinasi va 1 ta mobil klinika avtomaşinasi xarid qilingan.
Bundan oldin Qahramon Sariyev 2022-yilda Qoraqalpoğistonning 3 ta tumanida “Yangi Özbekiston” massivlarini barpo etilişi haqida ma’lumot bergandi.












