Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 2021 yilning ötgan davrida ötkazilgan nazorat tadbirlari tahlil qilindi. Unga köra, hududda 4 mingdan ortiq şaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida jami 27,4 mlrd. sömlik moddiy zarar aybdorlardan undirilgan. Respublika prokuraturasi organlari tomonidan 10271 ta murojaat hal qilingan.
Şuningdek, yer, bino va boşqa masalalarida olib borilgan örganişlarda 1205 ta tadbirkorning buzilgan huquqi tiklangan.
Bundan taşqari, «Ayollar daftari»ga kiritilgan 5471 nafar xotin-qizdan 3033 nafarining muammosi hal etilişiga erişilgan.
Ta’kidlanişiça, Qoraözak tumani Quralpa ovulida namunaviy loyihadagi 3 xonali 6 ta uy qurilgan. «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironi bölgan, köp yillardan buyon ijarada yaşab kelayotgan 3 nafar ayol hamda «yoşlar daftari»ga kiritilgan 3 qizning oilasiga uy berilgan.
Bir muddat oldin Qoraqalpoğistonda 10 oyda 92 nafar şaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.












