Sport | 01:03 / 23.12.2021
15894
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. Shomurodov «Roma» uchun yana gol urdi, «Inter»da qatorasiga 7-g‘alaba

Foto: Roma

Italiya chempionatida 19-tur bahslari davom ettirilmoqda. 

Peshqadam «Inter» o‘z maydonida «Torino»ni (25, 11-o‘rin) Dumfrisning goli evaziga mag‘lub etib, A Seriyada qatorasiga 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolarini 46taga yetkazib, yetakchiligini mustahkamlab oldi. 

«Roma» (32, 6-o‘rin) o‘z maydonida «Sampdoriya»ni (20, 15-o‘rin) qabul qilib, g‘alabani saqlab qola olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Shomurodovning goliga Gabbyadini javob berdi. 

«Fiorentina» (32, 7-o‘rin) esa safarda «Verona» (24, 12-o‘rin) bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. 

A Seriya. 19-tur. 22 dekabr

Inter — Torino 1:0
Gol:
Dumfris (30). 
Inter – Handanovich, Dumfris (D`Ambrozio, 83), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Perishich (Dimarko, 90), Vidal (Sensi, 82), Brozovich, Chalxono‘g‘li (Vesino, 69), Jyeko, Martines (Sanches, 69). 
Torino – Milinkovich-Savich, Singo (Ansaldi, 76), Jiji, Buonjorno (Rodriges, 65), Bremer, Ayna, Brekalo (Prat, 76), Lukich, Pobega (Mandragora, 65), Pyatsa, Sanabriya (Varming, 59).

Roma — Sampdoriya 1:1
Gollar:
Shomurodov (72) — Gabbyadini (80). 
Roma – Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojyer, Vinya (Shomurodov, 67), Mxitaryan, Veretu (El-Shaaravi, 67), Kristante, Dzanolo, Abraham (Afena-Gyan, 47).
Sampdoriya – Falkone, Bereshinski (Kervo, 76), Yoshida, Kolli, Aujyello, Kandreva (Depaoli, 89), Askildsen (Yyepes, 89), Adriyen Silva, Eyedal (Ferrari, 37), Gabbyadini, Kaputo (Kvalyarella, 76). 

Verona — Fiorentina 1:1
Gollar:
Lazanya (17) — Kastrovilli (81).
Verona – Montipo, Faraoni, Velozu (Bessa, 46), Kazale, Shutalo, Lazovich, Tamez, Ilich, Kaprari (Ongla, 80), Simeone, Lazanya (Kanseleri, 81). 
Fiorentina – Terrachchano, Venuti (Odriosola, 70), Igor Julio, Milenkovich, Terzich, Bonaventura (Kastrovilli, 46), Dankan, Torreyra, Vlahovich, Gonsales, Sottil (Saponara 63, Kalexon 70).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid