Bloomberg agentligi harbiy-razvedka sohasidagi Janes kompaniyasining sun’iy yöldoşdan olingan suratlariga asoslanib xabar qilişiça, Rossiya Ukraina bilan çegaraga harbiy texnika va askarlarini siljitişda davom etmoqda.

Unga köra, noyabr oyidan buyon çegara hududiga yana tanklar, artilleriya qurilmalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari olib kelingan. Janes vakillarining sözlariga köra, çegaradagi harbiylar soni çeklangan bölişiga qaramay, Rossiya yirik bölinmalarni poyezdlar va samolyotlarda yuborib, tez fursatda bu kuçlar miqdorini oşirişi mumkin böladi.

Ukraina harbiylari ma’lumotlariga köra, Moskva Ukraina çegarasiga 200 kilometr masofada 122 ming harbiy xizmatçisini joylaştirib bölgan.

Ukrainaning joylaşuvi

Ukraina ham, Yevropa Ittifoqi ham Rossiya bilan bevosita çegaradoş. Sobiq sovet respublikasi sifatida Rossiya bilan çuqur ijtimoiy va madaniy aloqalarga ega, mamlakatda rus tilida sözlaşuvçi aholi qatlami salmoqli örinni egallaydi. Tarixga nazar solsak, Ukraina aslida Rossiyaning ona vatani bölib, ilk rus davlatçiligi va slavyan xalqlarining pravoslav mazhabiga kirişlari aynan şu hududdan boşlanadi.

Keyinçalik hududlar kengayişi va bosqinçilik uruşlari natijasida aslida bir ildizga ega bölgan ikki millat şakllanadi. Ukraina geografik jihatdan ikki sivilizatsiya kesişmasida joylaşgani (ya’ni Ğarbiy Ukraina katolik sivilizatsiyasi, Şarqiy Ukraina esa pravoslav madaniyati ostida) mamlakatning ikkiga bölinib ketişiga va Rossiyaning doimiy ravişda Şarqiy Ukrainaga da’vo qilişiga sabab bölmoqda.

Rossiya-Ukraina munosabatlari keskinlaşuvi

Ukrainada 2014 yilning 22 fevralida rusparast prezident Viktor Yanukoviç hokimiyati ağdariladi. Vaziyatdan foydalangan Rossiya Ukrainada tuzilgan yangi muvaqqat hukumatni noqonuniy deb topadi va Qrim yarimorolidagi rus aholisi hamda Rossiyaga tegişli bölgan harbiy bazalarni Ukrainadagi vaziyat iziga tuşgunça himoya qiliş bahonasida mamlakat hududiga qöşin kiritadi. Şuningdek, ruslar va rusparast ayirmaçilar ustun bölgan Donbassda (Donetsk va Lugansk) bir tomonlama mustaqillik e’lon qilingandan söng ayirmaçilar va Ukraina armiyasi örtasida 2014 yildan beri töqnaşuvlar davom etmoqda.

Şuningdek, Rossiya uzoq vaqtdan beri Ukrainaning Yevropa institutlari tomon harakatlanişiga qarşilik qilib keladi. Endilikda Moskva öz qöşnisidan Ğarb mamlakatlari harbiy ittifoqi bölmiş NATOga qöşilmaslik kafolatini talab qilmoqda.

Paul Kirbining BBC'da e’lon qilingan maqolasida sönggi paytlarda Rossiya-Ukraina munosabatlarida sodir bölayotgan asosiy özgarişlar keltirib ötilgan.

Rossiya bosqinçiligining xavfi qay darajada?

Ukraina rasmiylariga köra, Rossiya ayirmaçilar nazorati ostidagi hududlarga tanklar, artilleriya va snayperlar yuborgan. Ammo bu eng xavotirli jihat emas. Ikki davlat çegarasida joylaşgan Rossiya qöşinlarining tobora ortib borayotgani eng köp taşvişli holat sifatida baholanmoqda. Ğarb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga köra, ularning soni taxminan 100 mingga yetadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin heç qanday tahdid mavjud emasligi, ammo Ğarbning agressiv yondaşuvi davom etsa, «harbiy-texnik çoralar» bilan tegişli javob qaytarilişini ma’lum qilgan.

Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov esa ayni paytdagi keskinlik AQŞ va sovet ittifoqini yadroviy töqnaşuvga yaqinlaştirgan 1962 yildagi Kuba inqiroziga öxşaş holatga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Ğarb va Ukraina razvedka xizmatlarining fikriça, yangi bosqinçilik uruşi 2022 yilning boşida sodir bölişi mumkin. «2022 yilning yanvar oyi oxirida eskalatsiyaga tayyor böliş şart», degan Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov.

AQŞ razvedkasi yanvar oyidayoq çegaradagi rus harbiylarining miqdori 175 mingga yetişi mumkinligini prognoz qilmoqda. Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byornsning fikriça, Putin Rossiya armiyasi va mamlakat xavfsizlik xizmati kuçlarini harakatlaniş eng qulay bölgan nuqtalarga joylaştirmoqda.

Rossiya tomoni nima deydi?

Rossiya dastlab Qrim va mamlakat şarqidan unçalik uzoq bölmagan hududda Ukraina qöşinlari töplana boşlaganini körsatuvçi sun’iy yöldoş suratlarini xavotirli deb baholagandi. Keyinçalik mamlakat qurolli kuçlari rahbari Valeriy Gerasimov OAVda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi haqidagi ma’lumotlarni töliq inkor qilib çiqdi.

Biroq ozgina vaqtdan söng prezident Putin «adekvat harbiy-texnik javob çoralarini köriş va döstona bölmagan qadamlarga nisbatan xuddi şunday qattiq munosabat bildiriş» bilan tahdid qildi.

Moskva Ukrainani şarqda armiyasining teng yarmini (125 ming kişi) joylaştirganlikda ayblab, Kiyev Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan ayirmaçilar nazoratidagi hududlarga hujum qilişni rejalaştirayotganini da’vo qilmoqda. Ukraina hukumati esa bu ayblovni Rossiyaning öz rejalarini yaşiriş uçun bildirilgan «taşviqot safsatalari»dan boşqa narsa emas deb hisoblaydi.

Şuningdek, Rossiya, NATO davlatlarini Ukrainani qurol bilan «şişirayotganlik»da ayblamoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 6 dekabr kuni front çiziğiga keldi / EPA

Öz navbatida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlar uçun asos bölişi mumkin bölgan «da’vosi» ham mavjud.

Rossiya Federatsiya kengaşi xalqaro aloqalar qömitasining ikkinçi raqamli vakili Vladimir Jabarov dekabr oyi boşida ayirmaçilar nazoratidagi hududlarda 500 mingga yaqin ukrainalik Rossiya pasportiga egaligi, agar ular Rossiyadan yordam söragan taqdirda Rossiya öz fuqarolarini oğir vaziyatga taşlab qöya olmasligi haqidagi bayonot bilan çiqdi.

Rossiya nima xohlaydi?

Putin Ğarbni ikki örtadagi «qizil çiziqlar»ni kesib ötmaslik haqida ogohlantirmoqda. Xöş, bu qizil çiziqlar deganda Rossiya prezidenti nimalarni nazarda tutadi?

Putinning talablaridan biri – NATOning Ukraina va Gruziyani öz içiga olgan şarqda kengayiş rejalarini töxtatişdir.

Bundan taşqari, Rossiya NATOning Şarqiy Yevropadagi harbiy faoliyatidan voz keçişini istaydi. Bu NATO jangovar bölinmalarini Polşa va Boltiqböyi respublikalari: Estoniya, Latviya va Litvadan olib çiqib ketilişi, Polşa va Ruminiya kabi mamlakatlarda raketalar joylaştirmasligini anglatadi.

Qisqaça aytganda, Putin NATOning 1997 yildan oldingi çegaralariga qaytişini istaydi. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya qon tökilişining oldini oliş va diplomatik yöl topişni maqsad qilgan, biroq buning uçun bir qança talablar bajarilişi kerak.

Rossiya Ukraina şarqidagi Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kuçlarga qarşi Ukrainaning turk dronlaridan foydalana boşlagani va Ğarbning Qora dengizdagi harbiy maşğulotlaridan jiddiy xavotirda. AQŞning Kiyevga harbiy yordamini Putin «uyimiz ostonasida» amalga oşirilayotgan tahdid deb baholagan.

2021 yilning iyulida Rossiya rahbari öz hisobotida ruslar va ukrainlarni «bir millat» deb e’tirof etgan va Ukrainaning amaldagi rahbarlarini «Rossiyaga qarşi loyiha»ni amalga oşirayotgan şaxs deya ta’riflagandi.

Şuningdek, Rossiya 2015 yilda imzolangan va Ukraina şarqidagi mojaroni töxtatişga qaratilgan Minsk tinçlik kelişuvi amalga oşmay qolganidan ham noroziligini bildirgan.

Rossiya uçun Qrim yarimoroli qanday ahamiyatga ega?

Rossiyaning Qrimni öziga qöşib olişi kelajakda şunga öxşaş tanlovlar masalan, Boltiqböyi davlatlarida etnik ruslarni «ozod qiliş» uçun qöşin yuborişini baholaş uçun juda muhim ahamiyatga ega edi. Natijada Rossiya Ğarb unga nisbatan qanday çoralar körişi mumkinligini bilib oldi.

Qrimning bosib olinişi NATOning Rossiya ğarbiy çegarasi böylab yanada kengayiş xavfini kamaytiradi. Bundan taşqari, yarimorolning bosib olinişi Rossiyaning sovet ittifoqining sobiq hududlarini asta-sekin qaytarib oliş böyiça loyihasining bir qismi sifatida baholanadi. Putin sovuq uruş tugaganidan keyin Rossiya obrösi tuşişini heç qaçon qabul qilmagan. Şuningdek, Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy bazalari uçun Sevastopol juda muhim hisoblanadi.

NATO Ukrainaga qanday yordam bermoqda?

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina masalasida har qanday harbiy yordam berilişi mumkinligini ta’kidlab ötdi.

Buyuk Britaniya Ukrainaga ikkita harbiy-dengiz bazasi qurişda yordam bermoqçi. Bu Qora dengizdagi Oçakiv va Azov dengizidagi Berdyansk harbiy-dengiz bazalari hisoblanadi. AQŞning tankka qarşi Javelin raketalari ham Ukrainaga yuborilgan, Qöşma Ştatlar Sohil xavfsizlik xizmatining ikkita patrul kateri ham Ukraina dengiz flotiga taqdim qilingan.

Rossiya Ukrainaning NATOga qöşilişiga yöl qöymaslik uçun qattiq kuraşayotgan bölsa-da, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy alyansdan a’zolik uçun aniq vaqt jadvalini söramoqda.

«Ukrainaning özi va NATOning qolgan 30 ta ittifoqçisi mamlakat qaçon alyansga qöşilişi mumkinligini hal qiladi. Rossiya veto huquqiga ega emas va bu jarayonga aralaşişga umuman haqqi yöq», deya munosabat bildirgan Stoltenberg.

Ğarb Ukrainani qay darajada qöllab-quvvatlaşi mumkin?

AQŞ Ukrainaga «suveren hududini» himoya qilişda har qanday körinişda yordam berişga tayyorligini bildirmoqda. Avvalroq, Jo Bayden agar Ukrainaga hujum qilinsa, «misli körilmagan» çoralarni qöllaş haqida gapirgandi.

Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşi köproq Rossiyaga öta oğir moliyaviy sanksiyalar joriy etiş va mamlakat armiyasini qurol-yaroğlar bilan ta’minlaşdan iborat bölişi mumkin.

Iqtisodiy çoralarning eng oğiri Rossiya bank tizimini xalqaro SWIFT tölov tizimidan uzib qöyiş tahdidi hisoblanadi. Bu har doim eng oxirgi çora sifatida körib kelingan.

SWIFT – banklararo ma’lumot almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş tizimi bölib, unga dunyoning deyarli barça mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik taşkilot ulangan.

Yana bir asosiy tahdid «Şimoliy oqim-2» gaz quvurining Germaniyada oçilişiga yöl qöymaslik bölib, Germaniyaning energetika regulyatori ham buni tasdiqlamoqda. Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbokning sözlariga köra, agar Rossiya yana qandaydir eskalatsiyaga qöl ursa, bu gaz quvuri işga tuşmasligi mumkin.

Şuningdek, Rossiya banklarida rublni xorijiy valutaga konvertatsiya qiliş çeklanişi mumkin.

G7 davlatlari ham Ukrainaga qarşi keyingi harakatlarga javoban Rossiyani «katta oqibatlar va oğir xarajatlar» kutib turgani haqida ogohlantirgan.

Rossiya–Ukraina örtasida qurolli harakatlar boşlaniş ehtimoli qay darajada?

Bir qança omillar ikki örtada oçiq harbiy harakatlar boşlaniş ehtimolini kamaytirişi mumkin.

Birinçidan, Ukraina tomoni Rossiya bilan uruşga tayyorligini bot-bot takrorlayotgan bölsa-da, ikki tomonning oçiq harbiy harakatga kirişişi ehtimoli kam. Ğarb mamlakatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar qöllaşi mumkin, ammo Ukraina tufayli Rossiyadek yadroviy davlat bilan oçiq ziddiyatga kirişişi mantiqqa töğri kelmaydi. Şuningdek, pandemiya davridagi oğir vaziyatda Rossiya uçun ham yangi harbiy harakatlar kerak emas. 

Ikkinçidan, yangi uruş harakatlari boşlanadigan bölsa, Rossiyaning yakkalanib qoliş ehtimoli katta. Bu yerda rus hukumati uçun potensial ittifoqdoş mamlakat mavjud emas va mamlakat eksportining katta qismi (xususan, gaz) Yevropa mamlakatlari bozorlariga boğlangan. YeI bilan özaro aloqalarning yanada yomonlaşuvi esa mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarba beradi.

Uçinçidan, kuçlar mutlaqo teng emas. Ukraina birinçi bölib harbiy harakatlarni boşlaşi Rossiyaga hatto öziga xos imkoniyatlar ham yaratadi. Çunki Ukraina harbiylarini osongina mağlub etib, bu hududni endi qonuniy egallab olişga zamin yaratiladi va bu holda endi Rossiyani ayblaş mumkin bölmay qoladi. Har ikki tomon uruş masalaning yeçimi emasligini yaxşi anglaydi. Qolaversa, zamonaviy uruşlar hududiy masalalarga uzil-kesil nuqta qöymaydi.

Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Ukraina munosabatlar fonida Rossiyaning Ğarb mamlakatlari bilan aloqasining tobora yomonlaşuvi Özbekiston uçun ham jiddiy ta’sir qilişi mumkin. Rossiya iqtisodiy jihatdan Özbekistonning ikkinçi eng katta hamkori hisoblanadi va uning yanada oğirroq Ğarb sanksiyalariga duçor bölişi bevosita ham, bilvosita ham Özbekistonga ta’sir qiladi.