Aholi soni ozligi haqida

Demografiya sohasidagi muhim vazifalardan biri keskin tus olmoqda. Bunday ulkan hudud uçun 145 mln aholi mutlaqo yetarli emas. Bizda 81 mln nafar işga yaroqli aholi bor. Bu körsatkiçni 2024-2030 yillarga borib oşiriş lozim.

Navalniy haqida

Rossiyani yengib bölmaydi, uni faqatgina içidan parçalaş mumkin. Bu Birinçi jahon uruşi davrida – aniqroği, uning natijasida va 90-yillarda, sovet ittifoqini parçalaşganida muvaffaqiyatli amalga oşirilgan. Buni kim amalga oşirgan? Boşqalarning manfaatiga xizmat qilganlar. Siz («Bi-bi-si» muxbiri Pyotr Kozlov) göyoki zaharlangan odam haqida gapirdingiz. Men Fransiya prezidenti, Germaniya kansleridan şaxsan söradim: zaharlanişni tasdiqlaydigan biror dalil beringlar. «Noviçok» yoki boşqami, birorta material yöq. Mutaxassislar borişini, jinoyat işiga asos bölişi uçun tahlil olinişini taklif qilişdi. Yöq. Nol. Keling, bu sahifani yopamiz.

Mahkumlar har bir mamlakatda bölgan va böladi. Jinoyat qilmaslik va siyosatni niqob qilmaslik kerak.

Ukraina va Donbassdagi vaziyat haqida

Endi uruş-uruş-uruş deyişmoqda, göyoki yangi operatsiya tayyorlanayotgandek va Rossiyani unga aralaşmaslikka çaqirişayotgandek tasavvur uyğonadi. Ikkinçi variant — bu hududda qurol bilan ta’minlangan, aholining miyasi zaharlangan anti-Rossiya yaratiş. Söngra qurollangan tizimlar ostida radikallarni Donbass masalasini qurolli yöl bilan hal qilişga itariş. Ammo biz öz xavfsizligimizni ta’minlaşni öylaşimiz kerak, Rossiya bu bilan qanday yaşaydi? Hamişa xavotirdami?

Donbass kelajagini Donbassda yaşayotganlar belgilaydi. Biz vositaçimiz. Ammo muammo bor. Rossiya — vositaçi, biroq bizni nizo tomoniga aylantirişni istaşyapti. Minsk kelişuvlarida bu yöq.

Internetdagi çeklovlar haqida

Platformalar uçun bu birinçi navbatda biznes, ular uçun foyda oliş birinçi örinda turadi. Suitsidlarga çorlovlar va maktablardagi fojialar mana şundan, oxirgi vaqtlarda yuzdan ortiq ana şunday jinoyatlarning oldini oldik. Şu bois, bu platformalardan öz vakolatxonalarini oçişni talab qilyapmiz.

Oltin oraliqqa rioya qiliş kerak, erkin fikr bildiriş va axborot tarqatiş erkinligini çeklamaslik, şu bilan birga jamiyatni salbiy oqibatlardan himoyalaş. Köplab mamlakatlarda trafikni çeklaşdan tortib bloklaşgaça boriladi. Biz bunday çoralarga qöl urişni istamasdik. Biroq bizni bunga majbur qilişsa, talablarimizni kuçaytirişga majbur bölamiz.

Ğarb bilan munosabatlar haqida

Kelgusi harakatlarimiz Rossiya xavfsizligini sözsiz ta’minlaşdan kelib çiqadi. Biz NATOning şarqqa kengayişini qabul qilolmasligimizni anglatdik. Buning nimasi tuşunarsiz? AQŞ ostonamizda, biz ularnikida emas. 1990-yillarda şarqqa bir dyuym ham siljiş bölmaydi, deyişgandi. Xöş, keyin-çi? Ahmoq qilişdi. Oçiqçasiga aldaşdi. NATO kengayişining beşta tölqini, endi Ruminiya va Polşada tegişli tizimlar. AQŞ va Buyuk Britaniya çegaralariga biz borganimiz yöq. Ular bizga kelişdi. Kafolat talab qilyapsiz. Aslida ön yillab laqillamasdan, siz kafolat berişingiz kerak va zudlik bilan. Biz kimgadir xavf solyapmizmi?

Biz NATOni şarqqa kengaytirmaslik kerakligini aytgandik. Ular esa qoğozda bunday gap yöqligini aytişdi.

Toliblar haqida

Rossiya va Afğoniston munosabatlari juda yaxşi yölga qöyilişini istardim. Ammo toliblarni tan olişga kelsak, voqelikdan kelib çiqiş lozim. Mamlakat rahbariyatida barça etnik guruhlar bölişidan kelib çiqiş kerak. Hozirda afğon xalqiga yordam beriş zarur. Buni afğon iqtisodiyoti va afğon jamiyatiga zarar yetkazganlar qilişi kerak. U yerda 20 yil yurgan va hamma narsani vayron qilganlar yordam berişi kerak. Birinçi navbatda banklardagi mablağlarga qöyilgan tösiqlarni olib taşlaş kerak.

«Yangiça axloq» haqida

Yangiça axloq pandemiyaga öxşaydi. Yangi ştammlari paydo böladi, bundan qoçib qutulişning iloji yöq. Ziddizahar topiş kerak. Kimdir ayol va erkak bir deb hisoblasa, vijdoniga havola. Ammo soğlom aql bor-ku? AQŞda zörlaş ayblovi bilan qamoqda ötirgan mahbus özini ayol deb e’lon qildi. Uni ayollar qamoqxonasiga ötkazişdi va u şu zahoti yana öşa işini qildi. Sportçi özini ayol deb e’lon qilyapti va oğir atletikada qatnaşyapti. Bu ketişda ayollar sporti butunlay yöqolib ketadi, soğlom aql bölişi kerak axir.

Men ona – bu ona, ota – bu ota degan qaraş tarafdoriman. Jamiyatimizda Rossiyadagi an’anaviy konfessiyalar singdirgan içki axloqiy himoya borligiga umid qilaman. Xalqlarimizda bu zulmatga qarşi içki immun himoyasi yetarli deb umid qilaman.

Qrim haqida

Ğalati vaziyat. Agar Qrim bosib olingan bölsa, demak, qrimliklar zöravonlik qurboni. Ularni nega sanksiyalar bilan jazolaş kerak? Agar referendum orqali Rossiya tarkibiga öz ixtiyorlari bilan qaytgan bölsa, demak, demokratiyaga qarşi kuraşişyapti. Ğarb qrimliklarga tupurgan.

Pekin Olimpiadasining diplomatik boykot qilinişi haqida

Pekindagi Olimpiadani boykot qiliş nomaqbul qaror. Men AQŞning sobiq prezidentlaridan biri bilan gaplaşdim. U 1980 yildagi Olimpiadani boykot qiliş katta xato bölganini aytdi. Ular yana öşa xatoni takrorlaşyapti. Bu Xitoyning rivojlanişini töxtatişga uriniş. Sport va san’at xalqlarni ajratişi emas, odamlarni birlaştirişi kerak.

Sanksiyalarning sababi bitta – ehtimoliy raqobatçilarning boşini kötarişiga imkon bermaslik. Xitoy, albatta, dunyoning birinçi raqamli iqtisodiyotiga aylanadi. Ular buni tuşungani uçun şunday qilayotgan bölişi mumkin.

Rossiya prezidentining bu galgi matbuot anjumani 3 soat 55 daqiqa davom etdi. Unda 500dan ortiq jurnalist qatnaşdi.