Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-keçak bozorida yonğin sodir bölgan. Oqibatda oltita dökon yonib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 24 dekabr kuni soat 09:10da Urgut tumani “Mergança” MFY hududida joylaşgan Urgut kiyim-keçak bozorining 6ta dökonida yonğin sodir bölgan.

Voqea joyiga viloyat FVBdan 6ta yonğin öçiriş ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yonğin soat 09:27da qurşab olinib, 10:14da töliq bartaraf etilgan. Yonğinda heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Faqat savdo dökonlarining 100 metr kvadrat maydoni yonib zararlangan.

Qayd etilişiça, FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bölgan joydagi boşqa dökonlarga yonğin ötişining oldi olingan.