Xitoy hukumati Sian şahri mansabdorlarini koronavirus tarqalişiga qarşi yetarliça çora körmagani uçun jazoladi, deb xabar berdi South China Morning Post (SCMP) gazetasi.

Gazetaning yozişiça, Xitoy kompartiyasining tartib-intizom komissiyasi 26 nafar mansabdor şaxsni “koronavirus tarqalişining oldini olişda yetarliça qat’iyat körsatmagani” sababli jazoga tortgan. 

Komissiya bayonotiga köra, şahar hokimiyati koronavirusga test ötkazişda sustkaşlikka yöl qöygan, kasallik holatlari aniqlanganidan keyin tezkor çoralar körmagan.

Gazetaning qayd etişiça, koronavirus tarqalişini nazorat qila olmagan mansabdorlar odatda hayfsan bilan jazolanadi yoki lavozimidan ozod etiladi.

Juma kuni aholisi 13 mln kişini taşkil etuvçi Sian şahrida 49 kişida koronavirus aniqlangan. Mahalliy OAVning yozişiça, koronavirus Siandan yana beşta şaharga, jumladan, Pekinga tarqalgan.

Pandemiya boşlanganidan buyon Xitoyda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 110,7 mingdan oşgan, 4,6 mingdan ortiq bemor vafot etgan.