Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov zörlik işlatiş orqali tadbirkorlar va fuqarolardan uluş olib yurgan guruhlar paydo bölgani, davlat rahbari bunday holatlarga barham beriş lozimligi haqida topşiriqlar berganini ta’kidladi.
«Ayrim holatlarda haqiqatan [soliq yiğuvçi guruhlar faoliyati] kuzatildi. Köçalarda tekin «stoyanka»ga fuqarolar maşinasini qöyişayotganda buning uçun pul talab qilingan holatlar kuzatildi.
Örnatilgan tartibdagi vaqtdan keç, ya’ni tungi vaqtda işlayotgan oşxona va aholiga xizmat körsatuvçi boşqa şoxobçalardan ayrim fuqarolar uluş talab qilgan holatlar bor. Davlatimiz rahbari umumiy tarzda şu haqda aytib ötdilar. Bu narsaga çek qöyiş kerak, bu boşqa takrorlanişi mumkin emas dedilar.
Haqiqatan ham bu kabi holatlar bir neça marta kuzatildi. Bu öz vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda ham yoritilgan. Bu faqat Toşkent şahriga tegişli emas, butun respublikaga tegişli. Bunday guruhlarni aniqlaş va ularning faoliyatiga barham beriş tezkor qidiruv formatida amalga oşiriladi. Bu haqiqatan bor narsa, şunga yöl qöyilayotgani haqida davlat rahbari aniq topşiriq berdi va bu böyiça butun viloyatlar işlayapti», dedi Ğiyosov.

Ğiyosov bu bilan kriminal avtoritetlar qaytayotganiga işora qilinmaganini ta’kidladi.
«Ayrim holatlarda lokal joylarda kuç işlatiş orqali boşqa fuqarolarga ta’sir ötkaziş holatlari kuzatilyapti. Masalan, mardikor bozorlarda kim birinçi, kim ikkinçi bölib iş olişini belgilaydiganlar, tekin «stoyanka»lardagi avtomobillardan pul undirişga urinayotganlar, şuningdek, «petak»lardagi taksiçilar qaçon mijoz olişini hal qiluvçilar paydo böldi. Şu narsalarga butunlay çek qöyiş kerak degan ma’noda gapirildi. Bu boradagi vaziyat örganib çiqilib, tegişli tadbirlar amalga oşiriladi», deydi IIV matbuot kotibi.
Toşkent şahar IIBB boşliği Aziz Toşpölatovning matbuot kotibi Nilufar Isaxonova «köça», ya’ni kriminal avtoritetlar yana qaytayotganini rad etdi. Şu bilan birga, Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi mulozimi jinoyat olamiga kirgan ayrim şaxslar özidan rahnamo yasaşga urinayotgani, biroq huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan bunga yöl qöyilmaganini ta’kidladi.
«Jinoyat olami vakillari, ya’ni «köça yana qaytdi» degan terminni işlatiş, menimça, notöğri. Birorta jinoiy guruh yoki bölmasa jinoyat yöliga kirgan ayrim şaxslar özidan rahnamo yasab olişga harakat qilmoqda. Jumladan, noqonuniy savdo qiladigan şaxslarni rahnamoligiga olgan, ularning noqonuniy savdo qilişiga şaroit yaratib beradigan yoki ulardan ma’lum bir miqdorda noqonuniy soliq yiğuvçi şaxslarni ham aniqlayapmiz. Ularga nisbatan qonun doirasida çora körilyapti, jinoyat işi oçilyapti, aybi isbotlangandan söng jinoyat işlari sudga yuborilmoqda», deydi Isaxonova.

Uning ta’kidlaşiça, katta ehtimol bilan davlat rahbari ham «soliq undiruvçi guruhlar» deganda ham aynan jinoyatçi guruhlarni, ya’ni özidan «köça yasab olgan» jinoyat olami vakillarini nazarda tutgan. Rasmiy bundaylarni kriminal «avtoritet» deb bölmasligi, çunki bunday tuşunçalarga mustaqillikning ilk yillaridayoq barham berilgani, jinoyat olamining obröli şaxslari javobgarlikka tortilganini aytib ötdi.
Toşkent şahar prokurori Uluğbek Qosimovning matbuot kotibi Xurşida Rahmonova telefon orqali suhbatda prezident tomonidan berilgan topşiriqlardan söng uşbu yönalişdagi işlar nazorati kuçaytirilganini aytmoqda.

«Holat böyiça öşandan keyin şahar prokuraturasi, soliq, departament, IIBB bilan hamkorlikda işçi guruh tuzildi. Şahar prokurori Toşkent şahar IIBB boşliği bilan har bitta bozorga birgalikda taşrif buyurib, hammasini özlari örganib çiqişdi.
Lekin «köça qaytdi» deyiş notöğri bölişini aytişdi. Ayrim şaxslar özidan rahnamo yasaşga harakat qilgan holatlar bor ekan, uşbu holatlar IIBB va şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Bu kabi holatlar aniqlangan taqdirda jinoyat işi qözğatilib, har bitta iş avtomatik tarzda şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olinadi va bu haqda şahar prokuroriga hisobot qilinadi.
Ayniqsa, prezident topşiriq berganidan keyin IIBB va şahar prokuraturasi yanayam jiddiy kirişdi, bu boradagi işlarning nazorati kuçaytirildi», deydi şahar prokurori katta yordamçisi Xurşida Rahmonova.
U jinoyat olami vakillarining qayta oyoqqa turişiga, noqonuniy faoliyatlarini tiklaşiga yöl qöyilmasligini qat’iy ta’kidladi.
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar mulozimlari kimlardir özini «kriminal avtoritet» sifatida taniştirib, tadbirkorlardan uluş talab qilsa yoxud kimlardandir ololmayotgan qarzlarini undirib berişini aytsa, bu haqda zudlik bilan vakolatli idoralarga xabar berişlarini söraşmoqda.
Eslatib ötamiz, 23 noyabr kuni Şayxontohur tumanida Toşkent şahri va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va faollar iştirokida bölib ötgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev şahar içki işlar boş boşqarmasi boşliği Aziz Toşpölatov va şahar prokurori Uluğbek Qosimovning bu boradagi faoliyatini tanqid qilgandi.
Davlat rahbaridan dakki olgan mas’ullar 5 dekabr kuni Bektemir tumanidagi vaziyatni örganişga çiqqan, örganiş davomida Qöyliq bozori atrofidagi hududlar jinoyatçilik öçoğiga aylangani bilan boğliq holat tanqidiy muhokama qilingani haqida xabar berilgandi.
Biroq rasmiy xabarlarda kriminal olam vakillaridan neça kişi qölga olingani yoxud prezident aytganidek, bozorlardan, davlatdan soliq oladigan guruhlar faoliyatiga çek qöyiş işlari nimadan boşlanişi haqida ma’lumot berilmagan.











