Yamanning “Ansor Alloh” isyonçi harakati tarafdorlari – husiylar Saudiya Arabistoni hududiga 400dan köproq ballistik raketa uçirgan. Bunday ma’lumotlarni husiylarga qarşi kuraş olib borayotgan Saudiya Arabistoni boşçiligidagi xalqaro koalitsiya rasmiy vakili polkovnik Turki al-Malikiy ma’lum qildi.

“Husiylar podşohlik hududiga 430ta ballistik raketa uçirgan”, deb keltirgan al-Malikiy sözlarini Al-Hadath telekanali. Biroq polkovnik raketalar qaysi muddatda uçirilganiga aniqlik kiritmagan. Uning ta’kidlaşiça, husiylar Saudiya Arabistoniga havodan hujum qiliş vaqtida 850dan köproq uçuvçisiz parvoz qurilmasi qöllagan. Ular raketalar va minalaştirilgan dronlarni uçiriş uçun Yamanda öz nazoratlarida bölgan Sano xalqaro aeroportidan foydalanişadi.

Bundan taşqari, husiylar Qizil dengizda 100taga yaqin minalaştirilgan katerni koalitsiya kuçlariga qarşi qöllagan. “Ularning barçasi koalitsiya kuçlari tomonidan yöq qilingan”, deb ta’kidlab ötgan al-Malikiy.

U husiylarning Saudiya Arabistoni hududini bombardimon qilişi oqibatida 59 nafar tinç fuqaro halok bölganini ma’lum qilgan. Öz navbatida, koalitsiyaning husiylar pozitsiyalariga bergan zarbalari natijasida joriy yil boşidan beri 30 mingdan köproq husiy öldirilgan.

“Koalitsiyada husiylarning xatti-harakatlarini Livanning “Hizbulloh” guruhi nazorat qilişining isbotlari mavjud”, deb aytgan al-Malikiy va Saudiya Arabistoni hamda Yamanda tinç aholiga hujumlar ortida aynan şu harakat turganini qöşimça qilgan.

Yamanda 2014 yil avgustdan beri hukumat kuçlari va husiylar örtasida qarama-qarşilik davom etib kelmoqda. Uşbu ixtilofda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya hukumat kuçlarini qöllab-quvvatlab keladi.