Rolikda film boş qahramoni Kevin uyiga bostirib kirgan ikki öğri “delta” va “omikron” deb, bolakay ularga yuqoridan uloqtiradigan böyoq idişlari esa virusga qarşi vaksina deb belgilangan.    

“Bu mening tanam, men uni himoyalaşim kerak!” deyiladi rolikda.

Kevin uloqtiradigan birinçi böyoq idişi “delta” ştammni yiqitadi, biroq “omikron” çap berişga ulgurib qoladi. Ammo bolakay uloqtirgan ikkinçi idiş, ya’ni “buster doza” uni ham bartaraf etadi. 

29 noyabrda AQŞning allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti rahbari Entoni Fauçi vaksinaning qöşimça “buster” dozasi omikron ştammidan himoyalaşi mumkinligini aytgandi.

Avvalroq Bloomberg axborot agentligi dunyoning 184ta davlatida 8,95 mlrd doza vaksina qöllanganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, dunyodagi har 100 odamga 116 doza vaksina qöllangan, biroq vaksinalarning davlatlar örtasida teng taqsimlanmayotgani muammosi mavjud. Eng yuqori daromadlarga ega davlatlar emlaşni eng past daromadli davlatlarga nisbatan 10 marta tezroq ötkazmoqda. 

“Dunyo böyiça emlaşning örtaça sur’atlari kuniga 43,4 mln dozani taşkil qilmoqda. Agar bu sur’atlar saqlanib qolsa, sayyoraning 75 foiz aholisi juda bölmasa bitta doza vaksina olişi uçun yana 5 oy vaqt talab etiladi”, deb ma’lum qilingan Bloomberğda.