«Vazirlar Mahkamasining «Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • birinçidan, notariuslar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda video-konferens-aloqa orqali notarial harakatlarni amalga oşirişning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda;
  • ikkinçidan, jismoniy va yuridik şaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilişi, navbatga yozilişi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalaniş tartibi belgilanmoqda;
  • uçinçidan, notariusga hujjatlarni taqdim etiş va notarial harakatni amalga oşirişda ortiqça byurokratiya va sansolarlik holatlari oldini oliş böyiça qoidalar kiritilmoqda;
  • törtinçidan, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun talab etiladigan hujjatlar va ularni körib çiqiş tartibi soddalaştirilmoqda.

Qaror loyihasining qabul qilinişi bilan jismoniy va yuridik şaxslar uçun notarial xizmatlardan foydalaniş yuzasidan şaffof tizim yaratiladi.

Şuningdek, notariuslar tomonidan ayrim turdagi notarial harakatlarni masofadan turib, onlayn amalga oşirişning aniq tartib-taomillari belgilab beriladi.