Kiritilgan özgartişlarga köra, advokatlik litsenziyasini olişga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 iş kunida körib çiqiladi, ilgari 20 iş kuni edi.

Vasiylik va homiylik qilişga tösqinlik qiluvçi jinoyatlarning aniq röyxati belgilandi. Ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uçun hukm qilinganlarning barçasiga çeklov mavjud edi.
 
Endilikda tadbirkorlikni qayta röyxatdan ötkaziş rad etilganidan 5 iş kunida qayta röyxatdan ötkaziş uçun murojaat qilinsa davlat boji tölanmaydi. 

Tadbirkorlikni röyxatdan ötkaziş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 20 foizi miqdorida yiğim undiriladi. Ilgari bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorida undirilgan.