Bu qişloqda yaşab, u yerdan köçib ketgan ruslar, oradan bir ikki-yil ötib vafot etgan. Qişloqdagi konda işlaganlar esa u yerdan qanday modda qazib olinişi, u nimaga işlatilişi haqida umuman bilişmagan. “Manzil” loyihasining maxsus soni – uzoq yillar sir saqlangan va köplab odamlarga zarar keltirgan kon haqida.

“Manzil” loyihasining navbatdagi soni Namangan viloyati Pop tumanidagi Qasarak qişloğida tasvirga olindi. Rejamiz – qişloqning özi, u yerdagi insonlar haqida sizga yetkaziş edi. Tasvirga oliş jarayonida uçratgan taşlandiq kon esa rejalarimiz boşqa tomonga özgarişiga sabab böldi.

Keling, avvalo, Qasarak qişloği va uning oddiy odamlari haqida gaplaşa qolamiz. Bizni hayratlantirgan va hatto köplab savollar uyğotgan uran koni haqida esa bir ozdan söng aytib bersam.

Qasarakda yuzga yaqin xöjalik istiqomat qiladi. Aholi asosan çorvaçilik bilan şuğullanadi va çet elda işlaydi. Qişloq töliq toğ bilan öralgan.

Qişloqda bizni qiynagan holat aloqa yomonligi böldi. Bu masala qişloqliklarni ham ançadan buyon qiynab kelar ekan.

Toğda qöy boqib yurgan bolalar oldiga borişga qaror qildik. Toqqa çiqişimiz rejalarimizni özgartirib yubordi. Qöy va eçkilarini boqib yurgan Şohjahon hamda Oğabek ismli bolalarni suhbatga tortdik. Bolalar toğda eski kon tunneli borligi va uning uzunligi sal kam 150 metrga yetişini aytdi. Kon ötgan asrning 60-yillarida oçilgan va keyinçalik şunday taşlab ketilgan.

Ma’lum bölişiça, Qasarakka yaqin Çorkesar qişloğida juda katta uran koni faoliyat yuritgan. 1950 yillarda oçilgan kon 1985-1990 yillarga kelib qazib oliş kamaygan va faoliyatini tugatgan. Holatning qiziqligi şundaki, umrining katta qismini öşa konda ötkazgan Rahmonali Haydarov va uning hamkasblari u yerdan qanday modda qazib olinişi, u nimaga işlatilişi haqida bilişmagan. Kon rahbariyati ham bu ma’lumotni sir saqlagan.

Kon va uning atrofidagi qişloq ta’minoti töğridan töğri Moskvadan olib borilgan. Hatto Popdagi biror bir sohaga aralaşmay qolmagan, donği butun respublikaga yoyilgan Ahmadjon Odilov ham kon işiga umuman aralaşmagan.

Biz esa taşlandiq konni izlab, toğ oralab yölga çiqdik. Aslida kon ikki nuqtada faoliyat yuritgan: biri aholiga yaqin joyda, ikkinçisi toğlar orasida. Biz, avvalo, toğ orasidagi kon qoldiqlarini topişga harakat qildik.

Aslida uran qazib olingan hudud radiatsiya maydoni hisoblanadi. Kon hududiga kirib borişda buni körsatib turuvçi belgilar örnatilgan.

Mustaqillikka erişilgandan söng, hududda radiatsiya borligi va bu yerda yaşaş hayot uçun xavfli ekani ma’lum qilingan. Orada konga yaqin hududdagi aholini boşqa joyga köçiriş böyiça işlar ham boşlangan, aholi köçişni xohlamagani sababli köçiriş işlari töxtatilgan. Şunday bölsa-da, radiatsiya atrofida yaşaş öz ta’sirini körsatmay qolmaydi.

Ha, uran koni asorati inson soğligi uçun katta zarar hisoblanadi. Afsuski, sobiq ittifoq davridan Özbekiston hududida 4 mln tonna radioaktiv çiqindi saqlanib qolgan.

Bu çiqindilar joylaşgan hududlarda ekologik soğlomlaştiriş işlarini amalga oşiriş maqsadida Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi hamda qator davlatlarning homiyligi yordamida 2 mln yevro miqdorida birinçi grant ajratilişi böyiça qaror qabul qilingan.

Uşbu harakatlar oz bölsa-da radiatsiya zararni pasaytirişga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.