Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumani «Qöşminor» mahallasi hududida patir non savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar örtasida bölgan nizoli holatlar aks etgan videolar tarqaldi.

Namangan viloyati IIBning aniqlik kiritişiça, yuqorida körsatilgan hududda savdo qiluvçi Farğona viloyati Danğara tumanida yaşovçi, "Sanjar patir" nomi ostida savdo qiluvçi S.Ş. şu hududda "Sanjar patir" nomi ostida savdo qilayotgan Danğara tumanilik fuqaro X.A.ni tadbirkorlik nomini özlaştirib olganlikda ayblab, uning mol-mulkiga şikast yetkazgan.

Tergovga qadar tekşiruvda barça iştirokçilarning şaxsiga aniqlik kiritilgan.

S.Ş.ga nisbatan MJtKning tegişli moddalari bilan hujjatlar rasmiylaştirilgan va jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudiga yuborilgan.