2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasiga köra, kinoşaharlarni taşkil qiliş va faoliyatini yölga qöyiş böyiça xorijiy mutaxassislar va taşkilotlarni jalb qilgan holda jahon tajribasini örganiş va natijalari böyiça kinoşahar konsepsiyasini işlab çiqiş möljallangan.
Mamlakatda milliy filmlar namoyişi va tarğibotini yuqori saviyada taşkil qiliş, filmlarni ommalaştiriş, milliy kinoprokat tarmoğini yaratiş ham közda tutilmoqda.
Bunda, respublikaning har bir tuman (şahar) kesimida filmlar namoyişini nazarda tutuvçi “Kinokarvon” faoliyatining reja jadvali tasdiqlanadi, ta’lim muassasalarida, harbiy qismlarda va iş rejimi vaxta usulida taşkil etilgan yirik korxonalarda milliy kino mahsulotlarining namoyişi taşkil etiladi, respublika böylab filmlar tarğibotini taşkil qiliş va ommalaştiriş böyiça reklama kampaniyasi tizimli taşkil qilinadi, jahon tajribasi qöllanadi, mamlakatdagi kinoteatrlar yagona tarmoqqa ulanadi, filmlar onlayn yetkazib beriladi, namoyiş etiladi va hisoboti yuritiladi.
Bundan taşqari, respublikada milliy multiplikatsiya industriyasi şakllantiriladi va jadal rivojlantiriladi. Kinematografiya agentligi huzurida “Özbekmultfilm” studiyasi taşkil qilinadi, faoliyati jahon tajribasi asosida yölga qöyiladi, mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi. Xorijiy animatsiya studiyalari bilan muzokaralar olib borilib, mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş böyiça tajriba almaşiladi, öquv kurslari taşkil qilinadi.
Şuningdek, xususiy animatsiya studiyalarini qöllab-quvvatlaş, ularga imtiyozlar beriş va subsidiyalar ajratiş tizimlarini amaliyotga tatbiq etiş möljallangan. Animatsiya yönalişida faoliyat yuritayotgan nodavlat taşkilotlar, studiyalar va kompaniyalarga davlat buyurtmasini beriş böyiça tizimli işlar yölga qöyiladi.











