1 yanvar kuni Toşkent şahri Yaşnobod tumanida Maxtumquli köçasida mast holatdagi haydovçi jiddiy yöl-transport hodisasi keltirib çiqardi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

«2022 yil 1 yanvar kuni soat 17:15 larda Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasida «Matiz» rusumli avtomaşina haydovçisi spirtli içimlik ta’siri ostida bölgan, 1967 yilda tuğilgan Sobirjon N. boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönaliş böylab harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tuğilgan Elmurod R. boşqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli hamda 1983 yilda tuğilgan Ravşan K. boşqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtomobillar bilan töqnaşuv sodir etgan», deyiladi xabarda.

YTH natijasida 7 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan:

  1. «Matiz» rusumli avtomaşina haydovçisi Sobirjon N. (taşxis: boş miya yopiq jarohati, BMÇ, öng boldir suyagining oçiq sinib siljişi, köplab şilinmalar, mastlik holati).
  2. «Neksiya-2» haydovçisi Ravşan K. (taşxis: boş miya yopiq jarohati, BMÇ, çap boldir suyagining yopiq sinişi, oyoqning töpiq qismi yopiq sinişi);
  3. 2009 y.t. voyaga yetmagan yölovçi, 7-sinf öquvçisi Z.T. (taşxis: boş miya yopiq jarohati, BMÇ);
  4. 2012 y.t. voyaga yetmagan yölovçi, 2-sinf öquvçisi bölgan qiz F.K. (taşxis: peşona teri qismi yirtilgan jarohati, boş miya yopiq jarohati, BMÇ);
  5. 2017 y.t. voyaga yetmagan yölovçi, boğça tarbiyalanuvçisi bölgan qiz I.K. (taşxis: boşning yuqori qismining yirtilgan jarohati, boş miya yopiq jarohati, BMÇ, çap oyoq boldir suyagi yopiq sinişi);
  6. 1987 y.t. yölovçi ayol F.K. (taşxis: çap oyoq oçiq sinib siljişi);
  7. 2021 y.t. qizça O.K. (taşxis: travmatik şok).

Barça jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularga har tomonlama tibbiy yordam körsatilgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan JK 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.