Xususan, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni xatlovdan ötkaziş va ularga bölgan zarurat miqdorni aniqlaş közda tutilmoqda. Jahon bozoridagi mavjud zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar örganiladi.

Bundan taşqari, Mudofaa vazirligi tizimida geraldika işlarini samarali yölga qöyiş ham möljallangan.

Mudofaa vazirligining geraldika işlari hajmi aniqlanadi va uşbu yönalişda xorijiy tajriba örganiladi. Mudofaa vazirligining Geraldika kengaşi tuziladi, uning vazifalari belgilanadi va tegişli normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiladi.

Şuningdek, Mudofaa vazirligi qöşinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini yaratiş tizimi rivojlantiriladi. 

Qöşinlarning rahbar lavozimlarida xizmat qiladigan harbiy xizmatçilar uçun malaka talablari zamon talablariga mos ravişda işlab çiqiladi. Qöşinlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tanlaş, kadrlar zaxirasini yaratiş, ularni maqsadli ravişda tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça takliflar körib çiqiladi.