Prezidentning 2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisidagi qonun ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori qabul qilindi.

2022 yilning 31 dekabriga qadar Özbekiston hududiga olib kirişda import bojining nol stavkasi qöllanadigan tovarlar röyxati:

  • 0105-tovar pozitsiyasida körsatilgan yangi söyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi göşti va qöşimça ozuqabop mahsulotlar;
  • buğdoy uni yoki buğdoy-javdar uni;
  • 1006-tovar pozitsiyasida körsatilgan guruçdan taşqari boşqa usullarda qayta işlangan (masalan, oqişoq yoki yançilgan körinişda pösti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta işlov berilgan, (oqlangan) boşoqli donlar;
  • butun, yorma körinişida bosilgan yoki yançilgan boşoqli don murtagi;
  • kimyoviy tarkibi özgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari;
  • sovun; tarkibiga sovun qöşilgan yoki qöşilmagan, bruslar şaklidagi yoki qoliplangan buyumlar körinişidagi sovun sifatida işlatiladigan yuzaga faol ta’sir körsatuvçi organik moddalar va vositalar;
  • suyuqlik yoki krem körinişidagi va çakana sotiş uçun qadoqlangan, tarkibiga sovun qöşilgan yoki qöşilmagan, yuzaga faol ta’sir körsatuvçi organik moddalar va terini yuviş vositalari;
  • yuzaga faol ta’sir körsatuvçi organik moddalar (sovundan taşqari); tarkibiga sovun qöşilgan yoki qöşilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan taşqari) yuzaga faol ta’sir körsatuvçi moddalar, yuviş vositalari (şu jumladan yordamçi yuviş vositalari) va tozalaş vositalari.