ÖFA xabariga köra, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi mamlakatdagi koronavirus böyiça vaziyat sababli Tokiodagi öyin bekor qilingani haqida Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga ma’lum qilgan.
«Dunyoning köplab mamlakatlarida koronavirusning «omikron» ştammiga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilyapti. Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin çoralari kuçaytirilmoqda. Şu sababli hukumat tavsiyasiga köra, Yaponiya futbol federatsiyasi 21 yanvar kuni Özbekiston milliy jamoasiga qarşi bölib ötişi rejalaştirilgan örtoqlik uçraşuvini bekor qilişga majbur böldi», - deyiladi ÖFA xabarida.
Ma’lum qilinişiça, ayni vaqtda ÖFA mutaxassislari va Özbekiston milliy jamoasi murabbiylar ştabi yanvar oyida boşqa raqib bilan örtoqlik uçraşuvi ötkaziş borasida iş olib bormoqda.
Yaponiyaga qarşi öyin qoldirilgan bölsa-da, Sreçko Katanets şogirdlarining 2022 yilgi reja böyiça ikkinçi uçraşuvi – Yangi Zelandiyaga qarşi bahs 1 fevral kuni Dubayda ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi Katanets qöl ostida 4ta örtoqlik öyinida 3 mağlubiyat (Şvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir ğalaba (Malayziya 5:1) qayd etilişiga qaramay, Özbekiston FIFA reytingida öz örnini (84) saqlab qoldi.












