«2022 yil uçun davlat budjeti töğrisida»gi qonun ijrosini ta’minlaş maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: 2022 yilda ikkinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga ajratiladigan budjet mablağlarining çeklangan miqdorlari; 2022 yil uçun respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablağlarining yöl qöyiladigan eng kam miqdorlari; 2022 yil uçun davlat budjeti daromadlari prognozi; foyda soliği töliqligiça respublika budjetiga yönaltiriladigan yirik soliq tölovçilar röyxati.
2022 yil 1 yanvardan boşlab ijtimoiy soliq tuşumlari quyidagiça taqsimlanadi:
a) budjet taşkilotlari böyiça: budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga – 99,2 foiz; Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga va Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasiga – 0,4 foiz; Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşiga – 0,4 foiz;
b) boşqa tölovçilar böyiça: budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga – 98,4 foiz; Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga va Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasiga – 0,8 foiz; Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşiga – 0,8 foiz.
Bundan taşqari, 2022 yil uçun quyidagi soliq stavkalari:
a) «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ uçun: foyda soliği rentabellik darajasidan kelib çiqqan holda (qarorga 5-ilova); oltin böyiça yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 10 foiz va palladiy, kumuş, mis böyiça 15 foiz miqdorida belgilandi. Bunda yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq bazasi işlov beriş (boyitiş), qayta işlaş (affinaj) va taşiş xarajatlarini çegirmagan holda aniqlanadi; b) «Özbekneftgaz» AJ uçun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati böyiça 15 foiz miqdorida tasdiqlandi.
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini çakana savdoda sotganlik uçun yiğim 1 grammiga 1 000 söm miqdorida saqlab qolindi.
Jismoniy şaxslarga ular tomonidan çakana savdo, umumiy ovqatlaniş va maişiy xizmat körsatiş obektlarida amalga oşirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi tölovlar respublika budjeti daromadlari qismida QQSni qaytarişga rejalaştirilgan mablağlar hisobidan amalga oşiriladi.












