Qozoğiston va Özbekiston – nega bu davlat biz uçun muhim?
Ismoil Saifnazarov, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, falsafa fanlari doktori:
— Özbekiston va Qozoğiston – tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Iqtisodiyotlarimiz raqobat qilmaydi, bir-birini töldirib turadi. Özaro savdo ortmoqda. 2021 yilda tovar ayirboşlaş rekord daraja – 4 milliard dollarga yetdi.
Özbekistonning Qozoğistonga eksporti: oziq-ovqat mahsulotlari – 278 mln dollar (eksport hajmining 30,7 foizi), maşina va uskunalar – 208 mln dollar (22,9 foiz), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 89 mln dollar (9,8 foiz), metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 54 mln dollar (6 foiz), töqimaçilik mahsulotlari va kiyim-keçak – 43 mln dollar (4,7 foiz), şuningdek, xizmatlar – 142 mln dollar (15,6 foiz).
Özbekistonning Qozoğistondan importi: oziq-ovqat mahsulotlari – 867 mln dollar (import hajmining 41 foizi), metallar va metall mahsulotlari — 369 mln dollar (17,4%), energiya manbalari va neft mahsulotlari – 274 mln dollar (13 foiz), maşina va uskunalar – 140 mln dollar (6,6 foiz), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar 82 mln dollar (3,9 foiz).
Özbekiston va Qozoğistonning umumiy eksporti tarkibida asosan uçinçi mamlakatlarga yetkazib beriladigan xomaşyo mahsulotlari (mineral mahsulotlar, rangli va qimmatbaho metallar va boşqalar) asosiy uluşni (50-60 foiz) egallaydi. Şu bilan birga, xomaşyo mahsuloti hisoblanmagan tovar pozitsiyalari böyiça özaro savdo-sotiqni, ayniqsa, har ikki davlat manfaatdor bölgan tayyor mahsulotlar savdosini rivojlantiriş borasida katta istiqbollar mavjud.
Markaziy Osiyoda Qozoğiston va Özbekiston aholisi 71 foizni taşkil etadi, bunda yalpi içki mahsulot umumiy hajmining 78 foizi va mintaqa davlatlari özaro içki savdosining 74 foizi şu ikki davlat hissasiga töğri keladi.
Uç ta’sir: tovarlar, pul jönatmalar va tranzit yuklar. Nima bölişi mumkin?
Qozoğistondagi voqealar Özbekiston iqtisodiy hayotiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Qöşni davlatdan import qilinadigan neft, un, oziq-ovqat mahsulotlari va maişiy tovarlar uzilişi yoki tanqisligi kuzatilsa, iqtisodiyotimizga sezilarli zarar yetişi aytilmoqda. Qozoğiston göşt eksportini taqiqlagan. Ma’lum muddatga çegaralar yopilib, yuk avtomobillari va poyezdlar harakati töxtab qoldi. Bu göşt va buğdoy narxiga ta’sir qilişi mumkin. Metall, maişiy texnikalar va muayyan turdagi oziq-ovqat mahsulotlari borasida ham şunday deyiş mumkin.
Ikkinçisi, Qozoğistondagi banklar qisqa muddatga bölsa-da, öz xizmat faoliyatini töxtatdi. Balki katta va tinç şaharlarda işlayotgandir, lekin özbekistonliklarning asosiy aloqasi bölgan Olmaotadagi banklarda tanaffus uzoqroq davom etdi. Demak, xalqaro ötkazmalar, özbekistonlik mehnat muhojirlarining pul jönatmalari ham bir neça kunga töxtadi degani.
Uçinçisi, Rossiya va Xitoy kabi davlatlardan kelayotgan tranzit yuklar ham noma’lum muddatga töxtab qoladi. Albatta, bu ham iqtisodiyotimizga zarar.
“Bozorlarimizdagi narx-navo qöşnilarimizga haddan ziyod boğliq”
Otabek Bakirov, iqtisodçi:
— Qozoğiston bizning uçinçi raqamli hamkorimiz. Ötgan 11 oyda ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 3,5 mlrd dollardan oşgan. Şundan 2,5 milliard dollarlik qismi – import.
Biz Qozoğistondan yirik miqdorda un, buğdoy, boşqa oziq-ovqatlar hamda neft mahsulotlari xarid qilamiz.
Qozoğiston buğdoy va un eksportining yarmidan köpini Özbekiston iste’mol qiladi. Bozorlarimizdagi narx-navo qöşnilarimizga haddan ziyod boğliq.
Qozoğistondan neft eksportida ham Özbekistonning örni yuqori (benzin eksportiga çeklovlar qöyilgaç, neft importi yanayam oşdi). Bu borada yil statistikasi oçiqlangani yöq, lekin MDHda qozoq neftini eng köp iste’mol qiladigan aynan Özbekiston hisoblanadi.
Şu ma’noda, biznes rivojida ham, oddiy odamlarimiz hayoti va turmuş tarzida ham qöşnilarimizda barqarorlik bölişining örni juda yuqori.
Qozoğistondagi beqarorlikning nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ta’siri ham böladi. Mana, Özbekiston gaz eksportini ham töxtatdi. Bu ham ta’sirini körsatadi. Hamma gaz içki iste’molga yönaltirilmoqda.
Mehnat muhojirlari, yuk tranzaksiyalari neft importiga salbiy ta’sirlar
Abdulla Abduqodirov, iqtisodiy tadqiqotçi:
— Qozoğiston biz uçun juda katta siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega mamlakat. Birinçidan, u bizning qöşnimiz – 19 mlnlik xalq. Ikkinçidan, Xitoy, Rossiya va Yevropadan keladigan transport yöllarimiz Qozoğiston orqali ötadi. Bugungi kunda Turkiya ham Turkmaniston yopilgani uçun Qozoğiston orqali yuklarini Özbekistonga olib keladi va olib çiqib ketadi. Ya’ni taşqi iqtisodiy aloqalar va transport kommunikatsiya uçun bu davlat biz uçun juda katta ahamiyatga ega.
Şuningdek, bizga qardoş xalq bölgani sabab ijtimoiy, diniy va madaniy tomondan ham bu xalqning rivojlanişi biz uçun muhim. Çunki qöşni boy bölsa, yonidagi mamlakatlar ham boy bölib boraveradi. Qöşni kambağal bölsa, unda uruş bölsa, yonidagi mamlakatlarda ham tinçlik bölmaydi.
Iqtisodçi sifatida aytişim mumkinki, bugun ham körib turibmiz, Moskva birjalarida birja aktivligi, birja indekslari tuşib ketgan. Rubl qadri dollarga nisbatan sezilarli pasaygan. Bu degani Rossiyada, pul işlab topayotgan vatandoşlarimizga oyliklar rublda berilgani bois rublni ham qadri tuşib ketişi oqibatida maoşlar kamayişiga olib keladi. Rossiyaning özida narx-navo ösadi. Inflatsiya ösgandan keyin investitsiyalar, uy-joy quriş kamayadi, demakki bizning vatandoşlarga iş örni kamayadi.
Har doim şunday keskin özgarişlar bölganda, 2008–2014 yillarni olsak, köpgina vatandoşlarimiz iş topa olmay, Özbekistonga qaytib kelişga majbur bölgan. Vatandoşlar yuboradigan pullar hajmi sezilarli kamaygan. Ya’ni biz uçun birinçi ta’sir doirasi Rossiyada, ikkinçisi Qozoğistonda.
Tartibsizliklar davom etib, qozoq tengesining almaşinuv kursi keskin tuşib ketsa, Qozoğistonda siyosiy krizis bilan birga iqtisodiy tanglik ham boşlanadi. Bunday şaroitda iqtisodiy jarayonlar ilgarigidek davom etmaydi, ularda risklar köpayadi. Transport korxonalari Xitoy tovarlarini Qozoğistonning Xorgos şahri orqali olib kelar edi, bu asosiy kanal. Milliardlab Xitoy mahsulotlari Xorgos orqali bizga kirib kelayotgan edi. Bugungi kunda Xitoyning özida kovid tufayli notinçlik bölib turgandi, Xitoy faqat Yevropaga ketayotgan yuklarni birinçi navbatda ötkazib, Rossiya va boşqa mamlakatlarga ketadigan yuklarni orqaga taşlab taşqi iqtisodiy aloqalarimizni susaytirgandi. Endi buning ustiga Qozoğistondagi notinçlik ham kelib qöşiladi.
Bugungi kunda Qozoğistonda yarim millionga yaqin vatandoşimiz mehnat qiladi, ular ham Özbekistonga öz jamğarmalarini yuborib turgandi, bu jamğarmalar ham kamayadi. Tartibsizliklar davom etsa, ularning köpçiligi iş topa olmay, bu şaroitda qaytişga majbur bölişi mumkin. Biz tabiiyki qaytib kelayotgan işçilarga qisqa vaqt içida iş örinlarini yarata olmaymiz.
Keyingi navbatda neft va neft mahsulotlari importi bilan bölgan şaroit biz uçun yomonlaşişi mumkin.
Katta iqtisodiy hamkor deb qaralgan mamlakatda notinçlik bölişi, savdo transporti harakatlariga tahdid bizning iqtisodiyotimizga bilvosita salbiy ta’sir ötkazadi.












