AQŞda oxirgi sutkada COVID-19’ga çaliniş bilan boğliq 1,3 milliondan ortiq holat aniqlandi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning ma’lumot berişiça, ötgan sutkada 1 mln 343 ming 167 ta holat qayd etilgan.
Kanal hisob-kitobiga köra, AQŞda koronavirus yuqtiriş holatlari soni 61,5 millionga yaqinlaşgan.
Avvalgi rekord yanvar boşida qayd etilgandi. Jons Hopkins universiteti mamlakatda bir sutkada 1 million 82 ming holat aniqlangani töğrisida ma’lum qilgandi.












