Ta’kidlanişiça, hozirgi kunda “Ayollar daftari” bilan işlaş tizimining 3-bosqiçi boşlandi. Ayni vaqtda respublikadagi barça mahallalarda yaşovçi 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yuriş orqali qayta röyxatdan ötkaziş işlari boşlangan.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqiçida  ayollarning muammolari qaytadan örganiladi. Bunda heç bir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz çetda qolib ketmasligiga alohida e’tibor beriladi. “Ayollar daftari”ning 3-bosqiç işlari joriy yil 10 fevralida yakunlanadi.

“Ayollar daftari”ning 3-bosqiçida quyidagi xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi: “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va farzandi “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ayollar; “Ayollar daftari”ning 1- va 2-bosqiçlarida 1-toifa böyiça röyxatga olingan hamda doimiy iş örni bilan ta’minlangan yoki tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan xotin-qizlar.

Qayd etilişiça, “Ayollar daftari”ni yuritiş orqali xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça huquqiy-normativ hujjat loyihasi işlab çiqilmoqda. 

Loyihaga muvofiq, 2022 yilda “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar quyidagi 6 ta toifalar böyiça röyxatga olinişi rejalaştirilmoqda:

1-toifa: ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, ammo işlaş istagida bölgan, daromad manbaiga ega bölmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

2-toifa: tadbirkorlik qiliş istagida bölgan ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qiliş istagida bölgan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

3-toifa: boquvçisi bölmagan ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda boquvçisi vafot etgan yoki jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan yoxud ruhiy kasallikka çalingan, I va II guruh nogironligi bölgan, şuningdek boquvçisi bedarak yöqolgan hamda nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar hamda FHDYo organlarining ma’lumotnomasiga köra yolğiz ayollar kiritiladi.

4-toifa: ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan xotin-qizlar. Bunda mehnatga layoqatsiz, özgalar parvarişiga muhtoj xotin-qizlar kiritiladi.

5-toifa: uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy turar joyi yöq yoki turar joyida yaşaş uçun şaroiti bölmagan, şuningdek, bir xonadonda 3 va undan ortiq oila bölib yaşayotgan, biroq özining yoki birgalikda yaşovçi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bölmagan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.

6-toifa: qaramoğida nogironligi bölgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda nogironligi bölgan farzandini parvarişlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar kiritiladi.