Qanday qilib “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dan yordam oliş mumkin?
|15:50 / 05.10.20264 60413 min
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”dan yordam oliş uçun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallaga murojaat qiliş kerak. Tizimga kiritiliş mezonlari, murojaat qiliş tartibi va yordam turlari bir-biridan farq qiladi. Maqolada “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dan qanday qilib yordam oliş tartibini körib çiqamiz.
“Temir daftar” va “Ayollar daftari” qanday farq qiladi?
“Temir daftar” moddiy ahvoli oğir bölgan oilalarni röyxatga oliş, muammolarni aniqlaş va zarur yordamni taqdim etişga qaratilgan tizim. “Temir daftar” 2024-yildagi 313-son hukumat qaroribilan tartibga solingan.
“Ayollar daftari” yordamga muhtoj, işsiz yoki öziga kasb va daromad manbai yaratiş istagidagi xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş uçun şakllantiriladigan röyxat hisoblanadi. “Ayollar daftari” tizimi 2022-yildagi 145-sonli nizom asosida işlaydi.
“Temir daftar”ga kimlar kiritiladi?
“Temir daftar” moddiy va ijtimoiy ahvoli oğirlaşgan oilalarni aniqlaş, muammosini baholaş va manzilli yordam körsatiş uçun yuritiladi. Ijtimoiy xodim oilaning şaroitini örganadi va tavsiyanoma tayyorlaydi, keyin tavsiyanoma “mahalla yettiligi” tomonidan körib çiqiladi. Jarayon odatda 6 bosqiçda ötadi:
Oilada mehnatga layoqatli yoki barqaror daromad topayotgan aʼzo yöqligi;
Oila aʼzolaridan biri oğir kasallik, nogironlik yoki doimiy parvarişga muhtojligi;
Oila boquvçisini yöqotgani;
Ota yoki ona uç va undan ortiq farzandni yolğiz tarbiyalayotgani;
Oilaning daromadi yetarli emasligi va uy-joy şaroiti oğirligi;
Yonğin, suv toşqini, zilzila yoki boşqa favqulodda holat oqibatida oila oğir ahvolga tuşib qolgani.
Bitta talabga mos keliş yetarlimi?
Yöq, bitta talabga mos kelişning özi yetarli bölmaydi. “Temir daftar” böyiça oila holati individual ravişda baholanadi: uning daromadi, oila tarkibi, mehnatga layoqatli aʼzolari, soğliği, uy-joy şaroiti, boqimandalik yuki hamda mavjud ijtimoiy risklar birgalikda örganiladi. Şuning uçun “oilada nogironligi bölgan şaxs bor” degan bitta fakt avtomatik kiritiş uçun ham, rad qiliş uçun ham asos emas. Masalan, oilada nogironligi bölgan bola va yagona daromad topuvçi bölişi, daromad pastligi hamda uy-joyning yaşaş uçun yaroqsizligi birga uçrasa, bu oilaning yordamga ehtiyoji yuqoriroq deb baholanişi mumkin.
Mavzuga oid
Yordam oluvçi daromadi qança bölişi kerak?
2026-yil uçun minimal isteʼmol xarajatlari bir kişi uçun oyiga 715 ming söm etib belgilangan. “Temir daftar”dagi ayrim yordamlar, jumladan, uy-joy taʼmirlaşda, oila aʼzolariga töğri keladigan örtaça oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravaridan, yaʼni 1 mln 430 ming sömdan oşmasligi kerak.
Bu “Temir daftar”ga kiritiliş uçun hamma holatda işlaydigan yagona çegara emas. U ayrim yordam turining qöşimça şarti hisoblanadi. “Temir daftar”ga kiritiş masalasi oilaning umumiy ijtimoiy ahvoli mahalla yettiligi tomonidan örganilgandan keyin hal qilinadi.
Masalan, beş kişilik oilada faqat bitta kişi işlaydi va uning oyligi 5 mln söm bölsa, har bir aʼzoga töğri keladigan daromad 1 mln sömni taşkil etadi.
Bu summa 2026-yildagi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki baravari - 1 mln 430 ming sömdan kam. Agar oila uy-joyini taʼmirlaşga muhtoj bölsa va boşqa şartlar ham bajarilsa, bu yordam turiga daʼvogarlik qiliş imkoniyati bölişi mumkin. Biroq yakuniy qaror baribir oila holatini örganiş va “mahalla yettiligi” xulosasiga boğliq.
“Ayollar daftari”ga kimlar kiritiladi?
“Ayollar daftari”ga amaldagi tartib böyiça 30 yoşdan oşgan xotin-qizlar kiritiladi. Ularga bir vaqtning özida faqat bitta toifa asosida yordam ajratiladi.
Toifa
Kimlar uçun?
Qanday kömak körsatilişi mumkin?
Ijtimoiy himoyaga
muhtoj işsizlar
Işlaş istagida bölgan, biroq bandligi yoki doimiy daromadi bölmagan xotin-qizlar
Iş topiş, kasb-hunarga öqitiş, özini özi band qilişga yordam
Tadbirkorlik istagidagilar
Biznes boşlamoqçi yoki mavjud faoliyatini kengaytirmoqçi bölganlar
Öqitiş, biznes-reja, kredit va boşqa moliyaviy dasturlarga yönaltiriş
Uy-joyga muhtojlar
Ijarada yaşayotgan, taʼmirga muhtoj uyda yaşayotgan yoki turar joy masalasi oğir ayollar
Ijara xarajatini qoplaş, ijtimoiy uyga yönaltiriş, taʼmirga kömak
Tibbiy yoki psixologik yordamga muhtojlar
Davolaniş, operatsiya, reabilitatsiya yoki psixologik yordamga ehtiyoji borlar
Davolaniş xarajatlari, tibbiy körik, psixologik maslahat
Huquqiy yordamga muhtojlar
Aliment, ajrim, huquq buzilişi, sud yoki hujjatlaştiriş masalasida muammosi borlar
Huquqiy maslahat, hujjat tayyorlaş, sudga murojaat qilişda kömak
30 yoşgaça bölgan ayollarga qanday yordam beriladi?
30 yoşgaça bölganlar uçun alohida “Yoşlar daftari” bor. Masalan, 26 yoşli işsiz ayol “Ayollar daftari”ga emas, mahalladagi yoşlar yetakçisiga murojaat qilişi kerak.
Qayerga va qanday murojaat qilinadi?
“Temir daftar” uçun
Fuqaro tuman yoki şahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiladi. Şuningdek, markaz xodimlari xonadonbay örganiş davomida yordamga muhtoj oilani aniqlaşi mumkin. Murojaat örganilgaç, ijtimoiy xodim zarur yordam turi böyiça tavsiyanoma tayyorlaydi..
Murojaatda muammoni aniq yoziş foydali: “moddiy yordam kerak” degan umumiy jumla örniga, masalan, “farzandimning davolaniş xarajatlarini qoplaş”, “uy tomini taʼmirlaş”, “işga joylaşiş”, “ijara tölovini qoplaş” kabi ehtiyojni körsating.
“Ayollar daftari” uçun
Mahalladagi xotin-qizlar faoli yoki mahalla fuqarolar yiğiniga murojaat qilinadi. Xotin-qizning holati anketa-sörovnoma asosida örganiladi, u qaysi toifaga kiritilişi aniqlanadi, söng masala “mahalla yettiligi” tomonidan körib çiqiladi. 145-sonli qarorga köra, fuqaroning doimiy yoki vaqtinça propiskada bölmasligi uni “Ayollar daftari”ga kiritişni rad etiş uçun mustaqil asos böla olmaydi.
Qanday hujjatlar kerak?
Hujjatlar röyxati yordam turiga boğliq. Biroq murojaat qilişda quyidagi hujjatlarni tayyorlab qöyiş işni tezlaştiradi.
Murojaat turi
Tayyorlab qöyiş foydali bölgan hujjatlar
“Temir daftar”ga kiritiş yoki ijtimoiy yordam
Pasport yoki ID-karta, ariza, oila tarkibi va daromadga oid maʼlumotlar, nogironlik yoki kasallik bölsa tibbiy hujjatlar
Davolaniş xarajatlari
Tibbiy xulosa, yöllanma, davolaş yoki operatsiya qiymati körsatilgan hujjat
Uy-joyni taʼmirlaş
Uy-joyga egalik yoki foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar, kadastr maʼlumoti, zarurat bölsa taʼmir holatini tasdiqlovçi dalillar
Iş topiş yoki kasb örganiş
Pasport yoki ID-karta, bandlik holati haqidagi maʼlumot, mavjud bölsa diplom yoki kasbiy sertifikat
“Ayollar daftari” orqali ijara kompensatsiyasi
Pasport yoki ID-karta, ijara şartnomasi, daromad va oila tarkibiga oid maʼlumotlar
Huquqiy yordam
Muammoga tegişli sud hujjatlari, alimentga oid materiallar, nikoh yoki tuğilganlik guvohnomasi va boşqa dalillar
Murojaat neça kunda köriladi?
Ayollar daftari böyiça jarayon odatda uç bosqiçda ötadi:
murojaatçining holati va toifasi örganiladi;
“mahalla yettiligi” röyxatni körib çiqadi;
qaror qabul qilingaç, maʼlumot elektron tizimga kiritiladi.
Barça bosqiçlar ketma-ketlikda uç iş kunida amalga oşiriladi. Şunga köra, jarayon töqqiz iş kunigaça davom etişi mumkin. “Temir daftar” böyiça ijtimoiy xodim örganiş ötkazib, tavsiyanoma tayyorlaydi. Tavsiyanoma “mahalla yettiligi” tomonidan beş kun içida körib çiqiladi. Şoşilinç holatda, masalan, yonğin yoki jiddiy tibbiy vaziyat yuzaga kelganda, murojaat bir sutka içida körib çiqilişi kerak.
my.gov.uz portalidagi “Temir daftar”ga kiritilgani töğrisida maʼlumotnoma” xizmati sahifasi.
My.gov.uzʼda “Temir daftar”ga kiritilganlik haqida maʼlumot oliş xizmati vaqtinça işlamayapti.
Kun.uz
my.gov.uz portalidagi “Ayollar daftari”ga kiritilganlik töğrisida maʼlumotnoma” xizmati sahifasi.
U bepul, avtomatik işlaydi va sörov yuboriş uçun portalda röyxatdan ötiş yoki avtorizatsiyadan ötiş talab qilinadi.
Qanday va qança miqdorda yordam beriladi?
Daftarga kiritilgan barça fuqaroga bir xil miqdorda pul berilmaydi. Yordam muammoning turiga, fuqaroning toifasiga, tibbiy yoki uy-joy hujjatlariga va tegişli dastur şartlariga qarab belgilanadi. Quyidagi jadvalda qarorlarda aniq summasi belgilangan asosiy yordam turlari keltirilgan.
Yordam turi
Tizim / mablağ
manbasi
Kimlarga
Miqdori
Turar joy ijarasini qoplaş
“Ayollar daftari” jamğarmasi
Ijtimoiy reyestrga
kiritilgan oilalardagi uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga
Ijara haqining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravarigaça; Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat
markazlarida BHMning 3 baravarigaça
Uy-joyni taʼmirlaş uçun mablağ
“Ayollar daftari” jamğarmasi
Ijtimoiy reyestrdagi yoki oila aʼzosiga töğri keladigan örtaça daromadi belgilangan mezondan oşmaydigan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga
BHMning 50 baravarigaça
Uy-joyni taʼmirlaş
“Saxovat va kömak” jamğarmasi / 313-son qaror doirasidagi ijtimoiy yordam
Ijtimoiy reyestrga
kiritilgan yoki kişi boşiga örtaça daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 baravarigaça bölgan oilalar
BHMning 50 baravarigaça
Favqulodda holatdan keyingi uy-joyni tiklaş
“Saxovat va kömak” jamğarmasi / 313-son qaror
Yonğin, zilzila, suv toşqini, texnogen hodisa va boşqa favqulodda vaziyatdan zarar körgan oilalar
BHMning 150 baravarigaça
Jarrohlik amaliyotisiz
davolaniş
313-son qarordagi ijtimoiy yordam
Tibbiy xulosa va belgilangan şartlarga mos fuqarolar
BHMning 50 baravarigaça
Jarrohlik amaliyoti xarajatlari
313-son qarordagi ijtimoiy yordam
Tibbiy yöllanma va tasdiqlangan tibbiy ehtiyoji mavjud fuqarolar
Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi qoplaydigan bazaviy narxlar doirasida
Jarrohlik amaliyotisiz davolaniş
“Ayollar daftari” jamğarmasi
Ijtimoiy reyestrga
kiritilgan xotin-qizlar
BHMning 50 baravarigaça
Jarrohlik amaliyotisiz xarajatlari
“Ayollar daftari” jamğarmasi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlar
Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi belgilagan bazaviy narxlar doirasida
Ijara böyiça BHMning ikki baravari yoki uç baravari - umumiy bir martalik “moddiy yordam” emas. Bu faqat ayrim toifadagi xotin-qizlar uçun ijara kompensatsiyasining yuqori limiti. Xuddi şuningdek, nizomda “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir ayolga 300 mln sömgaça subsidiya beriladi, deganda tadbirkorlik yordami kredit, öqitiş, subsidiyalaş yoki boşqa alohida dasturlar orqali berilişi nazarda tutilgan.
Daftardan qaçon çiqariladi?
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi oila yoki fuqaro muammolari hal etilib, zarur yordamlarni olganidan keyin röyxatdan çiqarilişi mumkin. Şuningdek, notöğri maʼlumot taqdim etilgani aniqlansa, fuqaro öz xohişiga köra çiqişni sörasa, çet elga doimiy yaşaş uçun köçib ketsa, sud qaroriga köra ozodlikdan mahrum etilsa, bedarak yöqolgani sud qaroriga köra tasdiqlansa, vafot etsa röyxatdan çiqariladi.
Ariza rad etilsa, nima qiliş kerak?
Ariza rad etilişi fuqaro belgilangan mezonlarga mos kelmagani, zarur maʼlumotlar tasdiqlanmagani, murojaat qilingan yordam turi uçun hujjatlar yetarli bölmagani yoki mablağ yöqligi sabab bölişi mumkin. “Ayollar daftari”da rad qiliş asoslari elektron tizimda aks ettiriladi. Ariza rad etilganidan söng:
Rad sababini oling. Mahalla, xotin-qizlar faoli yoki “Inson” markazidan radning asosini yozma yoki elektron şaklda sörang.
Yetişmayotgan hujjatni töldiring. Agar tibbiy xulosa, ijara şartnomasi, daromadga oid maʼlumot yoki boşqa dalil yetişmasa, uni taqdim etib qayta murojaat qiling.
Yuqori turuvçi organga murojaat qiling. ”Temir daftar” böyiça tuman yoki şahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boşqarmasiga murojaat qiliş mumkin. “Ayollar daftari” böyiça esa tuman yoki şahar Oila va xotin-qizlar bölimiga murojaat qiling.
Sudga murojaat qiling. Agar fuqaro mansabdor şaxsning qarori, harakati yoki harakatsizligi huquqini buzgan deb hisoblasa, umumiy tartibda maʼmuriy sudga murojaat qiliş huquqiga ega. Bunday holatda sudga ariza nusxasi, rad javobi, tibbiy va daromad hujjatlari taqdim eting.
Eslab qoling
“Temir daftar” oilaning murakkab ijtimoiy holatini baholaş tizimi; “Ayollar daftari” 30 yoşdan oşgan xotin-qizlarning eng dolzarb muammosiga qarab yordam körsatiş tizimi.
30 yoşgaça bölgan xotin-qizlar “Yoşlar daftari” va yoşlar bandligi mexanizmlariga murojaat qilişi mumkin.
Daftarga kiriş avtomatik tölovni kafolatlamaydi. Yordam turi va miqdori ehtiyoj hamda hujjatlarga qarab belgilanadi.
Daftar röyxatida bor-yöqligingizni my.gov.uz orqali tekşirişingiz mumkin.
Agar ariza rad etilsa, rad sababini sörang, hujjatlarni töldirib, qayta murojaat qiling. Noqonuniy holatlar kuzatilganda yuqorida turuvçi organ yoki sudga murojaat qilinadi.