Jizzax viloyati Mirzaçöl tumanida maşinaning tirkamasi çiqib ketib Tico bilan töqnaşgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Mirzaçöl tumani hududida sodir bölgan yöl-transport hodisasida Tico maşinasi ağdarilib ketgan.

Jizzax-Gagarin avtomobil yölining 72-kilometrida harakatlanib ketayotgan Niva maşinasining yuk ortilgan tirkamasi çiqib ketgan va qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan Tico maşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda, Tico maşinasi ağdarilib ketgan va uning haydovçisi hamda yölovçisi tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan suriştiruv olib borilmoqda.