Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi kömagida Özbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Kuvayt işçi kuçlari böyiça agentligi örtasida onlayn-muzokaralar taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Muzokaralar çoğida xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi taşkil etilişiga yönaltirilgan hukumatlararo bitim loyihasi körib çiqilgan.

«Kuvayt vakillari köp asrlik döstlik, özaro işonç va qöllab-quvvatlaş tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar darajasini yuqori baholar ekan, bu tamoyillar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarda öz aksini topayotganini ta’kidladi», deyiladi xabarda.

Kuvayt agentligi Özbekiston elçixonasi bilan birgalikda özbekistonlik malakali işçi kuçlarini Kuvaytga işlaşga jalb etiş böyiça izçil iş olib bormoqda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş mexanizmi yölga qöyilgan. Hozirgi paytda Kuvaytda tibbiyot, ta’lim, madaniyat va xizmat körsatiş singari sohalarda 200 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Muzokaralar çoğida Kuvayt tomoni ularning bilim va malakasi darajasini hisobga olgan holda öz mamlakati iqtisodiyotining barça jabhalarida işlaşi uçun özbek mutaxassislarining sonini bir neça barobarga oşirişdan manfaatdor ekani ma’lum qilindi.

Muzokaralar yakuni böyiça Mehnat migratsiyasi töğrisidagi hukumatlararo bitimning imzolanişi Özbekiston va Kuvayt örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda ikki mamlakat xalqlari örtasidagi döstona aloqalarni rivojlantirişga xizmat qilişi yuzasidan har ikki tomon komil işonç bildirdi.

Fors körfazida joylaşgan Kuvayt davlatida qariyb 4,5 million kişi istiqomat qiladi. Aholining 31 foizi mahalliy kuvaytliklar bölib, qolgan qismini mehnat migrantlari taşkil etadi. Aholining 100 foizi şaharlarda istiqomat qiladi.

Avvalroq Kuvayt amiri mamlakat yangi hukumatini tuziş töğrisida farmon çiqargani haqida xabar berilgan edi.