Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida 500 ming söm pora olgan tuman tibbiyot birlaşmasi örinbosari 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Erkin Bozorov 2017 yil sentabr oyidan Kasbi tumani tibbiyot birlaşmasi boşliğining davolaş işlari böyiça örinbosari hamda tumandagi 16 yoşgaça bölgan bolalarni nogiron deb topiş komissiyasi raisi lavozimida işlab kelgan.

U mansabdor şaxs bölgani holda öz xizmat mavqeyidan foydalanib, tamagirlik yöli bilan Kasbi tumani Nazartepa qişloğida yaşovçi M. Yarmatovaning öğli 2019 yilda tuğilgan S.M.ga nogironlik nafaqasiga çiqarib berişni va’da qiladi. E. Bozorov buning evaziga M. Yarmatovadan 600 ming söm talab qiladi.

2021 yil 5 avgust kuni M.Yarmatovaning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda E. Bozorov özining xizmat xonasida M. Yarmatovadan kelişilgan pul mablağidan 500 ming söm olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Jinoyat işlari böyiça Kitob tuman sudining 2021 yil 20 dekabrdagi hukmiga asosan E. Bozorov Jinoyat kodeksi 210-moddasi (pora oliş) 2-qismining “v” bandida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi hamda uşbu kodeksning 45-moddasiga muvofiq 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qiliş tariqasidagi qöşimça jazo tayinlangan.