Samarqand şahrida köp miqdorda psixotrop dorilar sotayotgan fuqarolar qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 21 yanvar kuni Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari hamkorligida Samarqand şahrida tezkor tadbir ötkazilgan.
Buyuk Ipak yöli köçasida ötkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar B.U. va E.R. 1 008 dona kuçli ta’sir qiluvçi “Regapen 300 mg” nomli psixotrop dori vositalarini 23 million sömga sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tadbir yakunida jami 1 120 dona “Regapen 300 mg” psixotrop dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, hozirda uşbu aniqlangan holat böyiça tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda “Tramadol” psixotrop dorisini olib yurgan şaxs uşlandi












