Samarqandda “Tramadol” psixotrop dorisini olib yurgan shaxs ushlandi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Samarqand shahrida YPX xodimlari tomonidan “Tramadol” psixotrop dorisini olib yurgan yo‘lovchini ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 17 yanvar kuni soat 18:10 larda, Samarqand shahrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari E.Xolmurodov va I.Jo‘rayev tomonidan, Termiz ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Matiz mashinasi to‘xtatib tekshirilgan.
Tekshiruv davomida mashina yo‘lovchisi, 1967 yilda tug‘ilgan T.A. o‘zining ko‘rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokida tekshirib ko‘rilganda T.A.ning yonidan 112 dona "Tramadol" psixotrop dori vositalari topilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.A. va aniqlangan dori vositalari Samarqand shahar IIBga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi

16:42 / 19.08.2022
Toshkentda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh qo‘lga olindi

18:14 / 04.02.2022
Toshkentda Malibu’dan sovuq qurollar va psixotrop dori vositalari topildi

21:24 / 03.02.2022