Ikkinçi samolyot yetib kelgani haqida yakşanba kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ma’lum qilgan.

«Ikkinçi quşça - Kiyevda! Amerikalik döstlarimizdan Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş uçun 80 tonna qurollar. Va bu hali hammasi emas», deya yozgan vazir tvitterida qurol olib kelgan yuk taşuvçi «Boinga-747» samolyoti suratini ilova qilgan holda.

Pentagon ikki kun oldin bu yuklarning jönatişga tayyorlanayotgani aks etgan suratini e’lon qilgandi va Ukrainadagi turli naşrlar suratda bir martalik SMAW-D granatomyotlari va tankka qarşi Javelin majmuasi raketalari aks etgani haqida yozgandi.

Bunday harbiy yordamning birinçi partiyasi Kiyevga şanba kuni yetkazilgandi.

«Yaqinda prezident Bayden tasdiqlagan Ukraina xavfsizligini ta’minlaşga yönaltirilgan bir neça yordam paketlaridan birinçisi Kiyevga yetib keldi. 90 tonnadan iborat yuklar içida masofadan uçiriluvçi qurollar va Ukraina frontini himoya qilayotganlar uçun öq-dorilar bor.

Bu yordam partiyasi va 2014 yil ajratilgan 2,7 milliard dollar harbiy yordami AQŞ ortib borayotgan rus agressiyasiga qarşi Ukrainaga yordam beriş maqsadi jiddiy ekanidan kafolat», deyiladi AQŞning Ukrainadagi elçixonasi ma’lumotida.

Ğarbda 2021 yil oktyabr oyidan buyon Rossiya Ukrainaga yana bostirib kirmoqçi ekani haqida gapirişadi. Moskva bu ayblovlarni rad qiliş bilan birga NATOdan Ukraina va Gruziya heç qaçon alyansga kirmasligini talab qilişda davom etmoqda.

Jyenevadagi uçraşuvdan biroz ötib

Ukrainaga harbiy kömakning birinçi partiyasi AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken hamda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov örtasidagi Jyenevadagi uçraşuvdan bir neça soat ötib Kiyevga yetib borgan. Uçraşuvdan keyin Blinken NATOning Boltiq böyidagi a’zolari – Latviya, Litva va Estoniyaning Ukrainaga harbiy kömak berişga tayyorlanayotganini olqişlagandi. Davlat kotibi bu Ukrainaga «Rossiya agressiyasi»ga qarşi turiş uçun zarur ekanini ta’kidlagandi.

Blinkenning aytişiça, Vaşington Boltiq böyi davlatlariga Ukrainaga harbiy yordam yuborişiga ruxsat bergan. Estoniya mudofaa vaziri Kalle Laanet, Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks, Litva mudofaa vaziri Arvidas Anuşauskas birgalikda Ukrainani qöllab bayonot berişdi. Ular AQŞ ruxsat berişi bilan harbiy kömak Ukrainaga yetkazib berilişini ma’lum qilgan.

Estoniya Ukrainaga tank hujumiga qarşi Javelin raketa kompleksi, Latviya hamda Litva esa Stringer zenit-raketa kompleksi yetkazib beradi. Javelin va Stringer AQŞda işlab çiqarilişini unutmaslik kerak. Öz navbatida, Boltiq böyi davlatlari Ukraina bu qurollarni işlatişga majbur bölmasligiga umid bildirgan.

AQŞ va ittifoqçilari Ukrainaga harbiy kömak yuborayotgan bölsa-da, Rossiya bostirib kirgan taqdirda ham öz qöşinlarini yordamga yubormasligini aytmoqda. Rossiya esa Ğarbni Ukrainani qurollantiriş va uni NATOga tortişda ayblamoqda.

Britaniya va Rossiya örtasidagi muzokara

Oldinroq Britaniya Ukrainaga tank hujumiga qarşi NLAW raketa komplekslarini yuborgandi.

Foto: Reuters

Britaniya parlamenti quyi palatasidagi mudofaa böyiça maxsus qömitasi raisi Tobias Ellvurd şanba kuni bu qarordan juda mamnun ekanini aytib, u biroz keçikkanini ham ta’kidladi. Uning fikriça, Putin Ğarbning köngilçanligidan foydalanyapti va Ukraina bunday holatda yordamga muhtoj. U Rossiya tez orada Ukrainaga bostirib kirişi mumkinligini istisno qilmadi.

Britaniya harbiy sohasidagi katta mansabdorlar Ukraina uçun bunçalik jon kuydirib gapirayotgan bir vaqtda ingliz naşrlarida qiziq ma’lumot paydo böldi. Unda aytilişiça, Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles rossiyalik hamkasbi Sergey Şoygu bilan gaplaşgan. 2013 yildan buyon ikki davlat mudofaa vazirlari özaro suhbat ötkazmagandi.

Xabarlarda yozilişiça, Şoygu hamkasbini Moskvada körişişga taklif etgan. 9 yil avval ikki davlat mudofaa vazirlari Londonda uçraşgan edi. Şuningdek, ingliz naşrlari fevralda Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trass ham Moskvaga borişi mumkinligini yozmoqda. Juma kuni Avstraliyada ötgan matbuot anjumanida u Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, «dahşatli vaziyatda qolib ketişi»ni eslatgandi.

Estoniya boş vaziri Kaya Kallas Moskva bilan keyingi muzokaralarda Rossiyaga yon bermaslik kerakligini ta’kidladi. «Rossiya Ukraina atrofida bor kuçini töplab, NATOga nima qilişni örgatib yotibdi. Natijada mana, hamma Ğarb ular askarlarini olib ketişi uçun nima qilişi haqida gapirmoqda. Bu inqirozli holatni NATO emas, Rossiya keltirib çiqardi. NATO va ittifoqçilari heç qaçon kimgadir hujum qilişni rejalaştirmagan. Şu sabab muzokaralar vaqtida Rossiyaning harakatlariga e’tibor beriş kerak», dedi Kaya Kallas.