Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qişloq xöjaligi vazirligi, Namangan viloyati hokimligi va “Indo Organics” aksiyadorlik jamiyati qöşma korxonasi (Hindiston) tomonidan Namangan viloyatida agrosanoat klasteri taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Mazkur loyiha doirasida kannabis va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş uçun Namangan viloyatidagi qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan yerlar hisobidan 3,7 ming gektar yer maydoni 25 yil muddatga ijara huquqi asosida kannabis yetiştiriş faoliyati uçun hamda 2 gektar yer maydoni işlab çiqariş kompleksi quriş uçun örnatilgan tartibda litsenziya oliş va yer uçastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablağini depozitga qöyiş şarti bilan ajratib beriladi.
Namangan viloyati hokimligi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda investorga yer uçastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablaği depozitga qöyilgandan söng Namangan viloyati Pop tumani Çodak massivi Qöşminor hududidagi qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan 3,7 ming gektar yer maydonini belgilangan tartibda ajratib berilişini hamda 25 yil muddatga ijara şartnomasi tuzilişini ta’minlaydi.
Agrosanoat klasteri taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş doirasida quyidagilar investorning investitsiya majburiyatlari hisoblanadi:
- qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişning zamonaviy va samarali uslublarini, ilğor agrotexnik va suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini joriy etiş;
- Namangan viloyatida agrosanoat klasteri loyihasini amalga oşiriş uçun umumiy qiymati 45 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda kannabis ösimligini qayta işlaşning samarali usullarini va ularni çuqur qayta işlaş texnologiyalarini joriy etiş;
- yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş hamda 100 foiz eksportga yönaltiriş;
- ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda kannabis ösimligining va boşqa qişloq xöjaligi ekinlarining birlamçi uruğçiligini taşkil qiliş, yangi navlari va duragay uruğlarini yaratiş hamda ular mahsulotlarini qayta işlaşning samarali texnologiyalarini yaratiş böyiça tadqiqotlar olib boriş.












