Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi 777-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasining e-logistika.uzex.uz elektron logistika portali takomillaşmoqda.

Endilikda yuqori likvidli va monopol tovarlarni birja savdolariga qöyib borayotgan 70 dan ziyod korxonalar özlarining client.uzex.uz şaxsiy kabinetida elektron kalendar orqali mahsulotlarni yuklaş hajmlarini joylaştirişlari lozim. Bunda, portalda tuzilgan bitimlarning elektron reyestri tovarlarni yuklaş uçun asos bölib xizmat qiladi, mahsulotlarni yuklab beriş ketma-ketligi esa “şaffof navbat” tamoyili asosida elektron tizim tomonidan tölovlar amalga oşirilgan vaqtidan kelib çiqqan holda belgilanadi.

Şuningdek, şaxsiy kabinetda xaridor yuk taşişda şaxsiy avtotransportdan foydalanganligi töğrisida ma’lumot va xaridorga affillangan korxona yuk taşiş xizmatini körsatgan taqdirda töğridan töğri tuzilgan şartnomalarni röyxatga oliş funksiyalari ham joriy etilgan.

Bundan taşqari, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Transport vazirligi bilan birgalikda portal orqali birja tovarlarini taşiş xizmatlari böyiça ötkazilayotgan savdo jarayolarini kuzatiş, zarur ma’lumotlar bilan almaşiş, nohalol yuktaşuvçilarni aniqlaş va ularga tegişli çoralarni qörişlari mumkin.

Öz navbatida, logistika portali birja tovarlarining xaridorlariga malakali yuk taşuvçi kompaniyalarni aniqlaş va elektron tizimda röyxatdan ötgan transport vositalariga örnatilgan GPS-trekerlari yordamida öz mahsulotlarining harakatlanişini kuzatib boriş imkonini beradi.

Mazkur portalning boşqa afzalliklariga onlayn savdolar va yetkazib beriş tartib-taomillarining şaffofligi, barça iştirokçilar uçun yaratilgan teng imkoniyatlar, bozor narxlarining maqbulligi, şuningdek yuk taşişda vaqt va mablağning tejalişi kiradi.

Eslatib ötamiz, e-logistika.uzex.uz elektron logistika portali Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi PQ-5031-son qaroriga muvofiq yuk taşiş sohasida şaffoflikni ta’minlaş va soğlom raqobatni yaratiş maqsadida işlab çiqildi va tatbiq etildi.

Uşbu qarorga köra, monopol va davlat iştirokidagi taşkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda taşiş xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oşiriladi.