Ukraina tarixiy, geostrategik va ijtimoiy-etnik jihatdan Rossiya «buyuk davlatçilik» qaraşlarining «marvaridi» hisoblanadi.

Tarixan, ilk rus davlatçiligi Ryurikovlar sulolasi tomonidan asos solingan Kiyev Rusi davlatiga borib taqaladi. Şuningdek, Rossiya tarixining eng muhim hodisalaridan biri bölgan pravoslav dinining qabul qilinişi aynan Kiyev Rusi knyazi Vladimir davrida amalga oşirilişi ham mazkur yerlarning rus xalqi uçun qadrini yana bir poğonaga oşiradi.

Ijtimoiy va etnik qaraşlar esa panslavyanizm yoki «sobiq ittifoqdoşlik» kabi tuşunçalarda öz aksini topadi. SSSR davriga urğu berilganda Ukraina «eng yaqin ittifoqdoş», Rossiyadan keyingi qizil imperiyaning «ikkinçi» davlati sifatida, Çor Rossiyasi va mustaqil Rossiya davri nuqtayi nazaridan esa ukrainlar xuddi ruslar kabi şarqiy slavyan etnosi tarkibidagi millat sifatida qabul qilingan.

Şuningdek, harbiy-strategik jihatdan ham Ukraina hududlari, Polşa va Belarus yerlari bilan birgalikda, Moskva uçun juda muhim rol öynaydi. Aynan Ğarbiy Ukrainaga egalik qilgan Polşa örta asrlar Rossiyasida hokimiyat Ryurikovlardan Romanovlarga ötiş yillari Moskvaga tahdid sola olgan. Yoki Polşani mağlub etgan Napoleon XIX asr boşlarida, Polşaning katta qismini qölga kiritgan Gitler esa Ikkinçi jahon uruşi boşlarida Moskva ostonalarigaça yetib kela olgan.

Xalqaro munosabatlardagi neorealizm maktabi vakili, Amerika dengiz akademiyasi va Yangi Amerika xavfsizlik markazi instituti xodimi Robert Kaplan özining «Geografiyaning qasosi»(«Revenge of geography») kitobida Rossiya aynan tabiiy çegaralarga ega emasligi tufayli hududlarini tizimsiz kengaytirib borganini ta’kidlaydi. Şu sabab Rossiya imperiyasi şimolda Şimoliy muz okeanigaça, şarqda Sibir va Uzoq Şarq kengliklari orqali Tinç okeanigaça, janubda Markaziy Osiyo orqali Pomir va Hindikuş toğlarigaça, janubi-ğarbda Kavkaz toğlarigaça kengaygan. Ikkinçi jahon uruşi yakuniga yaqin, 1944 yilda SSSR çegaralarini tiklagan Stalin qömondonligidagi qizil armiyaning ğarbda Berlingaça yetib borişi ham Polşa, Napoleon va Gitlerning Şarqiy Yevropa kengliklaridagi istilolar ssenariysining takrori edi.

Moskva xavfsizligi uçun geostrategik ahamiyatga ega bölgan davlatlardan biri hisoblab kelingan Polşani öz tarkibiga qöşib olgan NATO ikkinçi juda muhim hudud – Ukrainani a’zo sifatida qabul qilişga urinişi Kremlni taşvişga solişi tabiiy holdir.

Kiyevning Moskva uçun taşqi siyosatdagi asosiy raqobatçisi bölgan Ğarb koalitsiyasi tarkibiga ötişi Rossiyani tarixiy ildizlaridan uzadi, etnik-madaniy dunyosini yanada parçalaydi hamda NATOni amaldagi poytaxtiga strategik xavf solişi mumkin bölgan nuqtagaça olib keladi. Şu sabab Ukrainaning Şimoliy Atlantika Şartnomasi taşkilotiga kirişga urinişi ayni yuqoridagi öta muhim faktorlarga köra ham Boltiq davlatlarining uşbu taşkilotga a’zoligiga qaraganda ança jiddiyroq reaksiyani keltirib çiqarmoqda.

Şarqiy Yevropada vujudga kelgan uşbu vaziyat Rossiyaning çegara yaqiniga harbiy qismlarini olib kelişi bilan inqirozga aylandi. Rus diplomatlarining Ukrainadan evakuatsiya qilinişi fonida ayrim tahlilçilar hattoki Rossiyaning keng kölamli hujumga ötiş ehtimolini ham aytişmoqda.

Uruş böladimi?

Xalqaro munosabatlar fani aktorlar (siyosiy nazariyalarga köra farqlanadi) örtasidagi aloqalarni turli nazariyalar yoki metodlar yordamida tahlil qiliş va prognozlar berişga imkon beradi. Realizm, liberalizm, marksizm kabi eng maşhur nazariyalar va tarixiy-qiyosiy tahlil metodi orqali işlab çiqilgan modellar orqali ehtimoliy ssenariy tuziş va rus-ukrain çegarasidagi ayni vaziyatni örganiş samarali bölişi mumkin.

Realizm nuqtayi nazaridan olib qaraganda xalqaro munosabatlarning yagona aktori bölgan davlatlar öz mustaqilligini saqlab qoliş maqsadida kuç töplaydi yoki kuçli koalitsiyalar tarkibiga kiradi. Bu jarayon kuçlar muvozanati (balance of power) şakllanişiga olib keladi hamda dunyo tartibotida barqarorlik şakllanadi.

Körinib turibdiki, nisbatan kuçli bölgan raqib Rossiyaga qarşi turiş uçun Kiyev ham aynan kuçli taşkilot NATO bilan hamkorlik örnatişga intilmoqda. NATO va Rossiyaning harbiy potensialidagi yaqinlik xalqaro maydonda kuçlar  muvozanatini hamda şu orqali rus-ukrain çegarasida tinçlikni ta’minlaşi mumkin böladi. Biroq uruş bölsa, NATO Ukrainaga yordam beradimi?

NATOni taşkil etiş töğrisidagi kelişuvning 5-moddasida «NATOning bir a’zosiga nisbatan uyuştirilgan hujum, NATOning barça a’zolariga nisbatan uyuştirilgan hujum deb qabul qilinadi» deb yozib qöyilgan. Lekin Ukraina NATOga a’zo davlat hisoblanmaydi va ayni paytda kuçlar muvozanatini ta’minlaşning imkoni yöq.

Liberalizm nazariyasiga köra, xalqaro munosabatlarning aktorlariga davlatlardan taşqari xalqaro taşkilotlar ham kiradi. Ya’ni Rossiya va Ukraina birgalikda a’zo bölgan xalqaro taşkilot uşbu inqirozli vaziyatda vositaçi sifatida rol öynaşi va muammoga yeçim topiş uçun xizmat qilişi mumkin.

Moskva va Kiyev vakillari masalalarni muhokama qiliş uçun uçraşişi kerak bölgan taşkilot Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) bölişi mumkin edi. Ammo 2018 yil Ukrainaning sobiq prezidenti Petro Poroşenkoning taşkilotdan çiqiş haqidagi bayonotidan keyin bu amalda imkonsiz yeçimga aylangan.

Marksizm esa proletariatni kapitalistik «zulmga» qarşi kuraşga çaqiradi hamda hozirgi davrda ham xalqaro munosabatlarda prognozlaş uçun samarali vosita bölişi mumkin. Bunga sabab, Rossiya aholisi orasida sobiq ittifoq ta’lim tizimi asosida dunyoqaraşi şakllangan odamlar mavjudligi va ularning hamon ğarbiy kapitalizm yurtiga bostirib kelayotganiga işonişidir. Ular Ukrainaning Ğarb koalitsiyasiga qöşilişini bevosita öz davlatlariga xavf deb bilişlari muammoga yeçimdan köra, köproq vaziyatni çigallaştirişga xizmat qiladi. Faqatgina Rossiyadagi yoş qatlam keng kölamli uruşga qarşi çiqişi mumkin.

Tarixiy-qiyosiy tahlil metodiga köra öxşaş voqealarni özaro qiyoslab, öxşaş oqibatlarni prognoz qiliş mumkin böladi. Yaqin tarixda bu kabi hodisalar ikki marta sodir bölgan: Abxaziya va Qrimda.

Har ikki tarixiy jarayonda NATO bevosita aralaşişdan tiyildi va Rossiya yangi «mustaqil» davlat tuzişga yoki yangi yerlarga ega bölişga imkon topa oldi.

Ssenariy

AP Photo/Ivan Sekretarev

Tahlillar Rossiyaning Ukraina böylab harakatlanişga imkoniyatlari mavjudligini körsatmoqda. Har holda kuçlar muvozanati ta’minlanmagan (realizm), funksiyasini bajaruvçi xalqaro taşkilot mavjud bölmagan (liberalizm), aholisi orasida qöllab-quvvatlovçilari yetarli bölgan (marksizm) holda tarixiy tajribaga asoslanib, Qrim yoki Abxaziya ssenariylari takrorlanişini kutiş mumkin. Zero, Ukraina atrofidagi ayni vaziyat yangi uruş boşlanişi mumkinligiga işoralar bermoqda.

Ma’lumot uçun, 2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan çegara yaqiniga 100 ming atrofida harbiy joylaştirgan. Ğarb davlatlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi mumkinligidan xavotirlanmoqda, rasmiy Moskva esa buni rad etib, çegaraga qöşin taşlaşini maşğulotlar bilan izohlagan.

Moskvaning talabi: Ukraina va Gruziya heç qaçon NATOga qabul qilinmasligi böyiça yuridik kafolat berilişi kerak. Kreml Ğarbni Ukrainani qurollantiriş va uni NATOga tortişda ayblayapti. Rossiya–NATO, Bayden–Putin va Blinken–Lavrov muzokaralari vaziyatni yumşatişga yordam bermadi.

Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlaşişi fonida AQŞ va Buyuk Britaniya Kiyevdagi diplomatik missiyalari xodimlarining bir qismi va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qilişga kirişgan.

The New York Times gazetasi esa 22 yanvar kuni öz manbasiga asoslangan holda AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida Boltiqböyi va Şarqiy Yevropaga bir neça ming qöşin jönatiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida xabar tarqatgan.

Şahboz Jörayev, Doston Ahrorov