Özbekiston Xitoyga asosiy moş eksport qiladigan mamlakatga aylandi. Ötgan yilgi raqamlarga köra, Xitoy import qilgan moşning 37 foizi Özbekistondan kirib borgan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy mamlakat aholisi köp iste’mol qiladigan yaşil moşni Özbekiston, Myanma, Indoneziya, Avstraliya va Tailanddan import qiladi. Xitoyda moşning yillik iste’mol hajmi 2018 yil 89 ming tonna, 2019 yil 113 ming tonna, 2020 yil 205 ming tonna va 2021 yil 290 ming tonnani taşkil etgan.
Özbekiston Xitoyga moş eksport qiliş uçun 2018 yilda ruxsat olgan. Sönggi tört yil davomida Özbekistonning Pekindagi elçixonasi Xitoyning tegişli idoralarida yetkazib beruvçilar röyxatini şakllantiriş va tasdiqlaş borasida «Özkarantin» taşkiloti bilan işlamoqda. 2018 yil 24 ta, 2021 yil 72 ta korxona Xitoyga moş eksport qilgan.
Özbekistondan Xitoyga 2019 yil 28 ming tonna, 2020 yil 75 ming tonna, 2021 yil 112 ming tonna moş eksport qilingan. 2021 yilning özida eksport hajmi qariyb 100 million dollarga yetgan. Xitoy moş importida Özbekistonning uluşi 37 foizgaça ösdi. Şu tariqa Özbekiston Xitoyga asosiy moş yetkazib beradigan davlatga aylandi.
Xabarda yozilişiça, Özbekiston Xitoyga quritilgan uzum yetkazib berişda ham yetakçiga aylangan. Uşbu mahsulotlar umumiy import hajmining 55 foiz uluşi Özbekiston hissasiga töğri kelgan.












