Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida katta yoşli erkak maktab öquvçisi bölgan qizga buzuqlik qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda alkogol taʼsirida bölgan şaxs yoş qizçani özi bilan ketişga undayotganini köriş mumkin.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boşqarmasi holat böyiça rasmiy munosabat berdi. Unda hodisa 23-oktabr kuni röy bergani, fuqaro Ş.R. tomonidan 8 yoşli qizçaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilgani qayd etilgan.
Holat yuzasidan Qoraköl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni prokuratura nazoratida.
Qoraköl tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan voyaga yetmagan qizning holati örganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam körsatiş çoralari körilmoqda», deyiladi munosabatda.
Holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingani qöşimça qilingan.
Maʼlumot örnida: Jinoyat kodeksida bunday qilmiş uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi belgilangan.

















