Qömita xabariga köra, 2021 yilda Özbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 72,8 mln AQŞ dollariga teng bölgan qariyb 560 ming tonna kartoşka import qilgan. 

Qayd etilişiça, kartoşka importi 2020 yilga nisbatan soliştirilganda 109,1 ming tonnaga oşgan.

2021 yilda Özbekiston eng köp kartoşka import qilgan davlatlar orasida Qozoğiston yetakçilik qilmoqda – 196 ming tonna.

Keyingi örinlardan 161 ming tonna kartoşka import qilingan Pokiston va 141 ming tonna kartoşka olib kirilgan Eron joy oldi.

Şuningdek, kartoşka importi körsatkiçi qolgan davlatlar böyiça quyidagiça köriniş oldi:

  • Qirğiziston – 35 ming tonna;
  • Niderlandiya – 11 ming tonna;
  • Rossiya – 4,8 ming tonna;
  • Fransiya – 616 tonna.