Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, yillik inflyatsiya 2025-yil oktabridagi körsatkiçga nisbatan 1,3 foiz punktga pasaygan.

Oktabr davomida oziq-ovqat mahsulotlari örtaça 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, aholiga körsatiladigan pulli xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlaşgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida tuxum narxi 5,2 foizga oşgan. Qöy göşti 1,4 foizga, suyakli mol göşti 1,2 foizga, qiyma 1,1 foizga, sut örtaça 1 foizga, oliy navli buğdoy unidan tayyorlangan non 0,7 foizga qimmatlaşgan. Şakar esa 2,2 foizga arzonlaşgan.

Sabzavotlardan baqlajon va bodring narxi 9 foizga, pomidor 8,8 foizga, bulğor qalampiri 8,7 foizga, kartoşka 5,3 foizga oşgan.

Ayni paytda limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga, olma 3 foizga va banan 1,3 foizga arzonlaşgan.

Yonilği narxlarida ham ösiş qayd etilgan: benzin örtaça 1 foizga, propan 0,4 foizga qimmatlaşgan. Metan narxi özgarmagan.

Xizmatlar orasida sovuq suv va kanalizatsiya narxlari 4,7 foizga oşgan. Repetitorlik xizmatlari 1,6 foizga, taksi 1,3 foizga, çet tillarini örgatiş kurslari 0,8 foizga qimmatlaşgan.

Hisob-kitoblar uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtasida 3 milliondan ziyod narx qayd etilgan. Kuzatuvlar 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmatlarni qamrab olgan.