Ukraina içki işlar vazirligi favqulodda vaziyatga tayyorgarlik köriş maqsadida tinç aholi uçun ommaviy maşğulotlar ötkazadi. Bu haqda idora saytida ma’lum qilingan.

Maşğulotlar mamlakatning turli hududlarida taşkillaştiriladi (aynan qayerlarda ekaniga aniqlik kiritilmagan).

Maşğulotlarga Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati, Milliy politsiya, Milliy gvardiya va Ukraina davlat çegarasi xizmati instruktorlari jalb etilgan. Ukraina IIV rahbari Denis Monastirskiyning ma’lum qilişiça, ularning barçasi xorijda ta’lim olib qaytgan — Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada va boşqa mamlakatlarda.

«Asosiy e’tibor [maşğulotlar vaqtida] xavfli portlovçi moddalar bilan işlaş masalasiga qaratiladi», — degan vazir. Şuningdek, uning sözlariga köra, maşğulotlar çoğida aholi punktlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş tizimlari faoliyati tekşiriladi, jumladan ogohlantiriş, evakuatsiya va himoya inşootlaridan foydalaniş tartibi.

Ukraina IIV maşğulotlar qaçon boşlanişi va qança vaqt davom etişi, unda qança aholi qatnaşişini ma’lum qilmagan.

  • 24 yanvar kuni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi boş kotibi Aleksey Danilov Rossiya hujumi röy bergan taqdirda, ukrainlar ogohlantiriş tizimi orqali xabardor qilinişi haqida aytgandi. Şu bilan birga, u Rossiyaning Ukrainaga «keng kölamli hujumi» röy berişi haqiqatdan yiroq ekanini qöşimça qilgandi.
  • Sönggi haftada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ehtimoliy bosqin yuzasidan ikki bor xalqqa murojaat qildi. U ukrainlarni vahimaga tuşmaslikka, «bank hisoblaridan pullarni yeçib olmaslik, narsalarni yiğiştirmaslik, yaqinlarga  feyklar va dahşatli ssenariylar asosidagi töqimalar jönatmaslik»ka çaqirgandi.