25 yanvar kuni Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonda elektr ta’minotida katta miqyosdagi uzilişlar sodir böldi. Ayni vaqtda uç davlat ham hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganmoqda.
Blekautga Markaziy Osiyo yagona energetika tizimidagi avariya sababçi ekani aytilgan.
Markaziy Osiyo yagona energetika tizimi nima, u nimaga «energohalqa» deb ataladi va u nima uçun kerak? Energetika vazirligi «Energiya» muvofiqlaştiriş dispetçerlik markazi direktori X.A.Şamsiyev va «ÖzMET» AJ bilan hamkorlikda şu savollarga javob berdi.
— Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima? U nima uçun «energohalqa» deb ataladi?
— Avvalo nomini töğri aytişdan boşlaylik... Aniqroği, bizning energetika birlaşmamiz «Örta Osiyo va Qozoğiston janubining yagona energiya tizimi» deb atalardi. Hozirda Markaziy Osiyo va Janubiy Qozoğiston yagona energiya tizimi deb şartli ravişda atamoqdamiz.
Umuman olganda, bunday energetika tizimi faqat bizda emas, dunyo mamlakatlarida ham köpgina. Ilgari sovet ittifoqida bir neçta bunday tizimlar mavjud edi va ularning har birining öz birlaşgan energetik dispetçerlik markazlari bor edi. Sobiq ittifoqning Markaziy dispetçerlik idorasi (MDI — TsDU) Moskvada joylaşgandi. Tarixga nazar taşlaydigan bölsak, öşa davrda Örta Osiyo va Janubiy Qozoğiston Birlaşgan yagona energiya tizimi sovetlar davlatining boşqa hududlari yagona energetika tizimidan ajratilgan holda işlagan. Markazi Toşkent şahrida joylaşgan dispetçerlik nazoratidan elektr ta’minoti umumtizimining körsatkiçlari: çastota va boşqa rejim parametrlari mustaqil tartibga solingan.
Elektr ta’minoti tizimining özaro yaxlitligi (konfiguratsiyasi) 1970-yillarda, törtta respublika hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli liniyalar bitta halqaga birlaştirilganda şakllangan edi. Şu örinda nima uçun degan savol tuğiladi. Albatta, bu parallel ravişda, ya’ni özaro hamkorlikda işlaş — barça iştirokçilarining elektr ta’minotidagi işonçliligini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi. Hatto mutaxassis bölmaganlar ham «halqada işlaş tizimi» — uşbu halqaning biror böğini öçirilgan bölsa ham uning barqarorligini saqlaşga imkon berişini tuşunişadi. Yoki aksinça, agar energiya tizimining qismlarini boğlaydigan yirik tarmoq öçirilgan bölsa, ularning parallel işlaşi buzilişi ham mumkin. Bunday vaziyatda elektr işlab çiqaruvçi birinçi manbalar — elektr stansiyalarning barqarorligi saqlab qolinadi.
Hozirgi vaqtda uşbu «halqa»da qöşimça içki halqalar paydo bölgan, şunga qaramay, Markaziy Osiyo va Janubiy Qozoğiston yagona energiya halqasi tuşunçasi Markaziy Osiyo energetika tizimlarining özaro boğliqligi va özaro boğliqligining ramzi sifatida saqlanib qolgan. Demakki, matbuotda u yoki bu energiya tizimi «halqani tark etgani» haqida yozayotgan bölsa, bilingki, bu fikr mutaxassisning fikri emas yoki u mutaxassis yetarli bilim-salohiyatga ega emas. Hozirgaça 500 kV kuçlanişli tarmoqlar halqasiga ega bölgan energiya tizimlarining heç biri hamkorlikdagi parallel işlaş rejimini tark etgani yöq.
Mavzuga oid
Turkmaniston va Tojikistonning hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimidan ajralgan holda işlayotganini rökaç qilgança bu fikrga ayrim axborot manbalari e’tiroz bildirişlari mumkin. Ammo şuni alohida ta’kidlaşimiz lozimki, Turkmaniston va Tojikistonning energiya tizimlari Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston tasarrufida bölgan 500 kV kuçlanişli «halqa» bilan boğliq emas.
Turkmaniston 2003 yilda öz taşabbusi bilan Eron energetika tizimi körinişida özi uçun iqtisodiy hamkor topib, Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimidan çiqdi va hozir u bilan parallel ravişda işlamoqda. Bu masalalar hal etilayotgan bir paytda Turkmaniston bilan parallel ravişda işlaşni yölga qöydi. Turkmaniston biz bilan «orol» deb atalgan sxemalar böyiça iş olib boradi, ya’ni Özbekiston bilan alohida işlab çiqariş tarmoqlarini ulaş orqali hamkorlik qildi.
Tojikiston bir vaqtlar parallel işlaş şartlarini takroran buzganligi sababli «halqa» tarmoğidan ajratilgan edi. Bu Markaziy Osiyo va Janubiy Qozoğiston tizimining boşqa iştirokçilari qabul qilgan qöşma qarori bölgandi. Hozirda Osiyo Taraqqiyot bankining moliyaviy kömagi asosida Tojikistonni yagona energetika tizimiga qayta ulaş böyiça qator işlar olib borilmoqda. Buni qarang, tajriba körsatdiki, hamkorlikda işlaş tizimidan çiqib ketiş oson ekan, ammo unga ulaniş ma’lum bir vaqt va xarajatlar talab etadi. Hozirda Özbekistonda ham Tojikiston bilan energetika aloqalarini mustahkamlaş uçun yirik quriliş-montaj işlari olib borilmoqda. Xullas, Tojikistonning Markaziy Osiyo yagona tizimi bilan hamkorlikda işlaşini tiklaş taxminan 2023 yilda amalga oşiriladi.
Darvoqe, Tojikiston energetika tizimi ötgan yillar davomida çastotani mustaqil ravişda tartibga solib kelgan, bunga gidroelektr stansiyalarida mavjud bölgan katta suv zaxiralari yordam berdi. Elektr energiyasining muhim körsatkiçlarini doimiy ravişda sozlaş murakkab texnik-muhandislik işi bölib, bu muammoni issiqlik stansiyalari (Qozoğiston va Özbekistonda bölgani kabi) yoki kiçik quvvatli gidroelektr stansiyalarining zaxiralari bilan (sönggi yillarda Qirğizistonda bölgani kabi) hal qiliş amalda mumkin emas. Şuning uçun ham uşbu energiya tizimlarining yagona «Markaziy Osiyo halqasi»da birgalikda işlaşi Markaziy Osiyo energetika tizimlarining işonçli parallel işlaşini ta’minlaş, nafaqat ular örtasidagi, balki «uzoq qöşni» davlatlar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişning dolzarb zarurati hisoblanadi.
— Markaziy Osiyo elektr energetika tarmoğining yagona tizimi qaçon taşkil topgan va u nima uçun kerak? Asosiy vazifasi nimalardan iborat?
— Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi törtta davlat – Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston va Qozoğiston janubidagi beşta tutaş viloyat hududida şakllandi. 1960 yilda Örta Osiyo yagona energiya tizimi taşkil etilişi boşlangan bölib, öşanda Özbekiston energetika tizimi, Qirğiziston janubi, Tojikiston şimoli va Janubiy Qozoğistonning Çimkent tutaşuvi energetika tizimlari 110 va 220 kV kuçlanişli elektr uzatiş liniyalari orqali parallel işlaşga ulangan.
Örta Osiyo yagona energetika tizimi yaratiliş davrida, 01.01.1961 yil holatiga 4 ta energetika tizimining örnatilgan quvvati 1157 MVt, maksimal yuklanişi 921 MVt, yillik işlab çiqariş 6,5 mlrd. kV.soatga teng bölgan. Bu, öz navbatida, mintaqada elektr energiyasi ta’minoti işonçliligi va sifatini keskin oşirib, gidro (suv omborlari zaxirasi) va yoqilği (tabiiy gaz va neft mahsulotlari) resurslaridan oqilona foydalaniş imkonini bergani rost.
Markaziy Osiyo YaET konfiguratsiyasi ittifoq respublikalarining milliy çegaralarini hisobga olmagan holda yagona obekt sifatida işlab çiqilgan va boşqa köplab energetika birlaşmalari singari sobiq ittifoqning Yagona energiya tizimidan ajratilgan holda işlagan. 30 foiz gidroelektr stansiyalar va 70 foiz issiqlik elektr stansiyalaridan taşkil topgan uşbu birlaşma fan va ekspluatatsiya nuqtayi nazaridan çastota va quvvatni tartibga soliş, melioratsiya va energetika muammolarini hal qiliş uçun maqbul edi. Markaziy Osiyo va Janubiy Qozoğiston yagona energiya rejimlarini uzoq muddatli rejalaştiriş birlaşmaga kiritilgan har bir energiya tizimlarida işlab çiqaruvçi manbalar tarkibini va şunga mos ravişda energiya tizimlarini elektr stansiyalarini yoqilği bilan markazlaştirilgan tartibda ta’minlaş masalalarini hisobga olgan.
Rejimlarni saqlaşda nafaqat energiya resurslari, balki Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotining negizi bölgan qişloq xöjaligi, ya’ni irrigatsiya masalalari ham hisobga olingan. Rejimni optimallaştiriş yonilği xarajatlarini va yöqotişlarni (texnologik sarf) minimallaştirişga xizmat qiladi. Şu bilan birga, tarmoqlarni ta’mirlaş jadvallari bir-biri bilan kelişilgan holda, ehtiyot qismlarni yetkaziş markazlaştirilgan holda ta’minlangan.
Sovet ittifoqi parçalanganidan keyin energiya materiallari va resurslarini markazlaştirilgan holda ta’minlaş-taqsimlaş tugatildi. Barça energetika tizimlarida energiya mustaqilligini ta’minlaş böyiça şoşilinç çoralar körildi. Ya’ni energiya va yoqilği ta’minotida öz-özini muvozanatlaş, barqarorlaştirişga intildi. Oddiy aytganda, hamma öz imkoniyatlarini işga soldi. Masalan, gidroenergetika salohiyati yuqori bölgan davlatlar öz ehtiyojini qoplaş uçun qişda ham suv omborlari sathini kamaytirib bordi. Bu mintaqada melioratsiya tartib-taomilini izdan çiqarib, köpgina ekologik muammolarga duç qildi. Muvofiqlaştiruvçi birlaşma körsatmalariga amal qilinmadi deyarli.
Nihoyat, 1991 yil 19 noyabrda Aşxobodda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston Respublikasining energetika tizimlarining parallel işlaşi töğrisidagi bitim imzolandi. Albatta, bu energetika sohasi rahbarlarining töğri qarori bölib, mintaqadagi energetika tizimlarining heç biri mustaqil ravişda öz iste’molçilarini töliq işonçli energiya ta’minoti bilan ta’minlay olmasligini tuşungan holda amalga oşirildi. Şunday qilib, «Markaziy energiya tizimlarini yagona dispetçerlik nazorati» taşkiloti ta’sis etildi va moliyalaştiriş manbalari aniqlandi. Bir söz bilan aytganda, Markaziy Osiyo energetika tizimlari rahbarlarining uzoqni köra bilişi va samaradorlikka erişişi natijasida «mintaqa dispetçeri» saqlab qolindi.
Markaziy Osiyo elektr tarmoqlari parallel işini boşqariş va muvofiqlaştiriş böyiça boşqaruv organi — Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimi kengaşi (Markaziy Osiyo YaET kengaşi), unga energiya tizimlarining birinçi rahbarlari kiritilgan bölib, yilning çorakliklarida poytaxt şaharlarda navbatma-navbat yiğilib, masalalar jamoaviy tarzda muhokama tiladi.
— «Energiya» muvofiqlaştiriş dispetçerlik markazi qaçon va nima maqsadda taşkil etilgan? Uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
— Energetika tizimlarida yuz bergan tarkibiy özgarişlar munosabati bilan 2002 yilda Örta Osiyo Yagona energetika tizimi Kengaşi Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimi Kengaşi maqomini oldi va nodavlat instituti maqomiga ega böldi.
2004 yil 27 oktyabrda Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika tizimlari örtasida Markaziy Osiyo energetika tizimlarining elektroenergetika sohasidagi aloqalarini muvofiqlaştiriş töğrisida bitim imzolandi. Uşbu bitimning 1-moddasiga muvofiq, Markaziy Osiyoning hozirgi kengaşi örnini bosuvçi, energiya tizimlari böyiça maslahat organi bölgan Markaziy Osiyoning Muvofiqlaştiruvçi elektr energetika kengaşi taşkil etildi.
2006 yil 29 sentyabrda bölib ötgan yiğilişida iştirokçilari nodavlat notijorat taşkilot — «Energiya» muvofiqlaştiriş dispetçerlik markaziga Markaziy Osiyo energetika tizimlarining operativ-dispetçerlik faoliyatini muvofiqlaştiriş yuklatildi.
«Energiya» MDM öz faoliyati uçun yuqori boşqaruv organi bölgan Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimi Kengaşi oldida hisobdor. Uning ta’sis hujjatlari har qanday tijorat faoliyatini taqiqlaydi.
2020 yil aprel oyida taşkilot 60 yoşga töldi va biz bir kun ham faoliyatimizni töxtatganimiz yöq. Mintaqadagi mamlakatlarning milliy dispetçerlik markazlari bilan birgalikdagi dispetçerlik faoliyatida muvofiqlaştiriş funksiyasini bajarmoqdamiz.