Baʼzan dunyoni butunlay yangiça köriş uçun unga boşqa nuqtadan qaraşning özi kifoya. Maftunkor manzaralar va egri-bugri qirğoq çiziqlari, serharakat şaharlar va tabiat yaratgan ajoyib naqşlar - havodan suratga oliş yerdan turib qaralganda köpinça eʼtibordan çetda qoladigan gözallikni ilğaş imkonini beradi.

Sayyoraga ana şunday ğayrioddiy nuqtadan nazar taşlaşga bağişlangan Siena Drone Photo Awards 2026 tanlovi butun dunyodan isteʼdodli suratkaşlarni birlaştiradi. Nufuzli Siena Awards tanlovlari turkumiga kiruvçi uşbu xalqaro bellaşuvda dronlar, vertolyotlar, samolyotlar, havo şarlari va boşqa uçiş apparatlari yordamida olingan eng sara suratlar eʼtirof etiladi.

«Şahar muhiti» yönalişida 2-örin: «Ikki davr tutaşgan maskan». Mulmangol, Pusan, Janubiy Koreya / © Sanghoon Park

Tanlovda taqdim etilgan rakurslarning xilma-xilligi ayniqsa hayratga soladi. Taniş joylar abstrakt sanʼat asarlariga aylanadi, tabiiy landşaftlar ajoyib naqşlar hosil qiladi, odatiy manzaralar esa kutilmagan qiyofada namoyon böladi. Biroq bunday kadrlarni yaratiş uçun dronni havoga kötarişning özi yetarli emas. Bunda töğri lahzani tanlaş, kompozitsiya, sabr va suratkaşning ijodiy nigohi juda katta ahamiyatga ega. Quyida Siena Drone Photo Awards 2026 tanlovida ğolib bölgan eng yaxşi suratlar taqdim etilgan.

Yil surati: «Bengal qöltiğining balçiqli sayozliklarida kemalarni qismlarga ajratiş» / © George Steinmetz
«Yovvoyi tabiat» yönalişida 1-örin: «Köz öngida yaşiringan». Toşlar orasida mohirona niqoblangan qor qoplonining ikki bolasi qoyaning turtib çiqqan qismida osoyişta dam olmoqda / © Awais Ali Sheikh
«Yovvoyi tabiat» yönalişida 2-örin: «Boğça qöriqçisi» / © Seyit Konyalı

Tuz kölidagi şörxok maydonda tabiiy «bolalar boğçasi»ga jamlangan minglab yaqinda tuxumdan çiqqan polaponlar orasida birgina voyaga yetgan flamingo ajralib turadi. Flamingo polaponlari ana şunday öziga xos boğçalarda birga ulğayadi: bir neçta voyaga yetgan quş ularga qaraydi, himoya qiladi va hayotining himoyaga eng muhtoj davrida atrof-muhitga moslaşişiga yordam beradi.