Foto: KUN.UZ

Özbekistonliklarning IELTS imtihonidan töplayotgan örtaça körsatkiçi – 5,7 ball ekanini hisobga olsak, 10-sinf öquvçisi qölga kiritgan ball yuqori natija ekanini tuşuniş mumkin.

Malohat ingliz tili grammatikasi bilan 8-sinfdan boşlab jiddiy şuğullanişni boşlaydi.

“Ota-onam doim öqişga qiziqtirişgan”

— Ingliz tilida alohida tayyorgarlik körişni boşlanmagunça boşlanğiç darajada bilardim. Dastlab, 8-sinfda 4 oy grammatika öqidim va undan keyin IELTS degan imtihon tizimi borligini eşitganman. Grammatikam yaxşi bölib qolgani sabab ingliz tilini örganişga diqqatimni kuçaytirdim. Şunday qilib örtada tanaffuslar bilan ingliz tilini 1,5-2 yil jiddiy şuğullanib örgandim.

Imtihonda öqiş (reading) va eşitiş (listening) könikmalaridan 9 ball, yoziş (writing) va gapiriş (speaking) könikmalaridan esa 7,5 balldan yiğib, jami 8,5 ball töpladim.

Oilada 3 nafar farzandmiz. Men – eng kattasiman. Öqişimga köproq bobom va dadam rağbat berişgan. Uydagilar öqişimizni doim qöllab-quvvatlaşadi. “Til örganişing uçun nima zarur bölsa, yordam beramiz”, deyişadi.

Şuning uçun ham imtihon oldi ança xavotir oldim. “Yaxşi natija körsatişim kerak, hamma meni kutyapti”, degan mas’uliyat bor edi.

Uydagilarim köpinça “Hali öqişga topşirişingga bor, özingni köp qiynayapsan”, deb ham aytişardi. Ularning işonçini oqlaganimdan xursandman.

Foto: KUN.UZ

“Özim uçun ingliz tili muhitini yaratgandim”

— Ingliz tilidan darajam 5,5 ballga yetganda qattiq şuğullanişni boşladim. Kuniga 5-6 soat vaqtimni şunga bağişlaganman. Öqituvçimiz ham bizga şuğullanişimiz uçun beradigan topşiriqlarni oxirigaça bajarmagunimizça qöymasdi. Yana bir foyda bergan narsa – atrofimda töla ingliz tili muhiti yarata olganim, deb öylayman. Eşitadigan qöşiqlarim, podkastlarim, köradigan videolarim, öqiydigan narsalarimning hammasi – ingliz tilida. Bu ingliz tilim yaxşilanişiga yordam berdi.

Ba’zilar IELTS'da tuşadigan savollarni köp-köp işlab, amaliyot qilişadi. Lekin, menimça, 7dan yuqori ball oliş uçun strukturani yaxşi bilişdan taşqari ingliz tilini biliş darajasi yaxşi bölişi ham kerak. Şunda savollarni işlaşga, matnlarni tuşuniş va osongina tinglab, anglay olişga erişiş mumkin.

Men köproq maqolalar va motivatsion, badiiy kitoblarni ingliz tilida öqidim. Söz yodlaşda esa uni köproq işlatişga harakat qildim. Yangi örganilgan narsalar “aktivlaştirilsa”, ular köproq esda qoladi.

 

“Matematikadan ham xalqaro daraja oliş niyatidaman”

— IELTS'ga tayyorlaniş jarayonida imtihon materiallarini, qöşimça materiallarni öqib, “Natural science” – tabiiy fanlar, “Environmental protection” – atrof-muhitni himoya qiliş kabi yönalişlarda bilimlarga ega böldim, özimda ham turli ğoyalar paydo böldi.

Hozir matematika fanini örganişni boşladim. Matematikadan ham xalqaro daraja oliş niyatidaman. AQŞ va Buyuk Britaniya universitetlariga “biznes-menejment” yönalişiga hujjat topşirmoqçiman. Lekin hozirça uydagilar xorijga öqişga borişimni xohlaşmayapti. Töliq grant olişga erişa olsam, ularni köndirişga harakat qilaman.

Ingliz tilini yoki boşqa tillarni örganişni boşlagan tengdoşlarimga özlari qilayotgan mehnatni “qiziqarli maşğulot” qilib olişlarini maslahat bergan bölardim. Şunda ular örganayotgan yangi narsalar ham foydali, ham qiziqarli böladi.

Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.