Vazirlar Mahkamasining “Şaxslar örtasida muloqot vositasi sifatida işlatiladigan imo-işora tilini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nogironligi bölgan şaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan özaro aloqasini kuçaytiriş, ularning qulay muhitda bölişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, nogironligi bölgan şaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinişi va faol iştirokini ta’minlovçi inklyuziv ta’lim tizimini takomillaştiriş nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilangan.
Quyidagilar şaxslar örtasida muloqot vositasi sifatida işlatiladigan özbek imo-işora tilini yanada rivojlantirişning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- imo-işora tilining nogironligi bölgan şaxslar va soğlom insonlar örtasidagi muqobil muloqot vositasiga aylantirilişini ta’minlaş;
- imo-işora tilini kelgusida yanada rivojlantiriş böyiça dasturlar işlab çiqiş;
- imo-işora tili asosida öqitiladigan ta’lim turlariga qöyiladigan davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablarini qayta körib çiqiş va takomillaştiriş;
- jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bölgan bolalar (şaxslar) uçun ta’lim taşkilotlaridagi öquv-tarbiya jarayoniga imo-işora tilini öqitişning innovatsion vositalari hamda ta’lim-tarbiyaning samarali şakllari va usullarini joriy etiş;
- mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilğor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda yangilangan öquv rejasi va dasturlariga muvofiq işlab çiqilgan imo-işora tili böyiça öquv-metodik adabiyotlar yaratilişi va naşr etilişini taşkil qiliş;
- imo-işora tilining jamiyatdagi mavqeyini oşiriş orqali nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy-mehnat könikmalarini hosil qilişiga va jamiyatga uyğunlaşuviga kömaklaşiş.
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining respublikaning har bir tuman (şahar) markazida joylaşgan umumiy örta ta’lim taşkiloti huzurida eşitişi, nutqi va körişida nuqsoni bölgan katta yoşdagi (ön sakkiz yoşdan katta bölgan) şaxslar hamda uşbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga imo-işora tili va Brayl alifbosini örgatiş böyiça yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan öquv markazini har bir hududdagi talablardan kelib çiqqan holda taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.











