Mamadaliyev Paxtakor tumaniga köçma hayvonot boğini olib borişi töğrisida bir oy avval tuman hokimligi va IIBga xat jönatgan. U 2022 yilning 31 yanvar kuni hayvonot boğini tuman markaziga, aholi gavjum böladigan joyga olib kelib örnatganini aytmoqda.

«Paxtakorga kelib, hayvonlarimizni qafasga çiqarmoqçi bölganimizda tuman hokimligining mutaxassisi kelib, bizni hokim örinbosari Fazliddin Qöldoşev bilan telefon orqali gaplaştirdi. Qöldoşev telefonda hayvonlarimizni vagondan çiqarmaslikni, boşqa joyga köçişimizni talab qildi. Hokim örinbosari aytgan joy aholi kelişi uçun noqulay bölib, katta yuk maşinalarimiz, vagonlarimiz loyga botib qoladi. Xarajatlarimizni u yerda qoplolmaymiz.

Biz barça tuman, şaharlarga köçma hayvonot boğimizni olib borganimizda katta yöl yoqalariga, aholi gavjum hududga joylaşganmiz. «Zamhokim» e’tirozidan söng Paxtakor tuman IIB rahbarlari bilan gaplaşdim. Ular qarşilik bildirişmadi. Eng yomoni, ikki kun davomida hayvonlarimizni taşqariga, ovqatlanadigan qafasiga çiqara olmadik va ularni ovqatlantirişning iloji bölmadi. Keça, 2 fevral kuni ertalab vagon içida böğoz ona şerimiz oçlikdan ölib qolibdi. Bitta tulkimiz ham nobud bölgan, jayralarimiz oç qolgaç, bir-biriga hujum qilgan va bitta jayra ham ölgan», dedi iş boşqaruvçi Mamadaliyev.

Ikkinçi tomonning fikrini biliş maqsadida hokim örinbosari Fazliddin Qöldoşev bilan telefon orqali boğlandik. Qöldoşev köçma hayvonot boği tuğuruqxona bölimi yaqiniga joylaştirilgani va birinçi navbatda bemorlar e’tiroz qilişayotganini ma’lum qildi. Qolaversa, katta yöl yoqasiga yaqin ekani turli baxsiz hodisalarga sabab bölişi mumkinligini ta’kidladi.

«Ana, bemalol faoliyatlarini davom ettirişsin, qarşiligimiz yöq. Biroq yuqoridagi sabablarga köra köçma hayvonot boğining bu yerga joylaşişiga ruxsat berolmaymiz», dedi Qöldoşev.

Köçma hayvonot boği iş boşqaruvçisi Abubakrsuxrob Mamadaliyev biz bilan bugun, 3 fevral kuni yana telefon orqali boğlandi. Ular Jizzax viloyat prokuraturasiga murojaat qilganidan söng muammoga yeçim topilgani, aynan öşa joylaşilgan hududda faoliyatlarini davom ettirişga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

«Ayni vaqtda ham vodiylik hamkasblarimiz viloyatning Zarbdor tumanida tomoşa körsatyapti. Ular ham xuddi bizdek yöl yoqasiga yaqin hududda joylaşişgan. Atrofimiz öralgan, hayvonlarimiz qafasda bölsa, kimga qanday zarar yetkazişimiz mumkin?» dedi Mamadaliyev.

Mamadaliyevning qöşimça qilişiça, şundoq ham bugungi kunda hayvonlarni xarid qiliş, ularni boqiş murakkab bölgan şaroitda hokim örinbosarining faoliyatga tösqinlik qilgani hayvonlarning ölimiga sabab bölgan.

Ma’lum bölişiça, bugungi kunda bitta şerning narxi 2 500 AQŞ dollarini taşkil qiladi. Tulki va jayralar 200-300 AQŞ dollari atrofida.

2020 yil 26 maydagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi örni va ta’sirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmonida «2020 yil 1 sentyabrdan boşlab köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan ötkaziladigan tomoşa tadbirlariga ommaviy tadbir ötkaziş uçun ruxsatnoma va ruxsat beriş xususiyatiga ega boşqa hujjatlarni oliş talab etilmaydi, bunda tadbir taşkilotçilari uni ötkaziş joyi va vaqti töğrisida içki işlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravişda xabardor qiladi; içki işlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan ötkaziladigan tomoşa tadbirlarida jamoat tartibi va yonğin xavfsizligini tölov undirilmagan holda ta’minlaydi», deb yozib qöyilgan.

Uşbu farmonda mahalliy hokimlikning aralaşuvi va ruxsati haqida gap-söz yöq.

Qiziq, Paxtakor tumani hokimi örinbosari Qöldoşev «Şahrisabz zoosirk» xususiy korxonasi qayerda tomoşa körsatişiga nega aralaşyapti? Nega tadbirkorga IIB, Milliy gvardiya yoki Favqulodda vaziyatlar bölimi e’tiroz qilmagan bir paytda hokimiyat tösqinlik qilyapti? Umuman, viloyat prokuraturasiga murojaat qilingaç, köçma hayvonot boğining aynan öşa yerda faoliyatini davom ettirişiga ruxsat berilgani aytilmoqda. Şunday ekan, hokim örinbosari rostdan byurokratlik qildimi yoki bu yerda boşqa sabablar ham bormi? Agar «zamhokim» haqiqatan ham vakolat doirasidan çiqqan bölsa, tadbirkor aytganidek hayvonlar ölimi uçun tovon tölaşi kerak emasmi?

Kun.uz voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.

Isomiddin Pölatov, Kun.uz muxbiri,
Tasvirçi va montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.